Akbariy Sulton

Tarjimai hol

Kamtarin inson, lekin iste’dodli shoir Sulton Akbariy ajoyib tarjimon, benazir baxshiyona ovoz sohibi va dostonlar muallifi bo‘lgan.

 

Sulton Akbariy 1923 yilning kech kuzida Toshkentda tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatib, mahalliy gazetalarda adabiy xodim bo‘lib ishlagan. Toshkent Davlat pedagogika institutining so‘nggi kursida o‘qiyotganida Ikkinchi Jahon urushi frontiga chaqirishadi. Urushdan qaytgach, yana jurnalistlik faoliyatini davom ettirgan.

 

U “Xorazm haqiqati” gazetasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab yurgan kezlari Qo‘ng‘irot temir yo‘li qurilishi haqida “Cho‘ldan maktublar” nomli turkum ocherklarini nashrdan chiqaradi. 1948 yili Toshkentga qaytadi va 1952 yilgacha gazeta nashriyotlarida faoliyat ko‘rsatdi, 1952 yil Moskvaga jo‘nab, Oliy adabiyot kurslarida tahsil oladi.

 

Kurslarni tamomlab Toshkentga qaytgach, “Toshkent” nashriyotining “Toshkent haqiqati”, “Guliston”, “O‘qituvchilar gazetasi” gazeta va jurnallarida bosh muharrir va mas’ul kotib lavozimlarida ishlaydi.

 

Sulton Akbariy 1997 yil vafot etgan. O‘zidan so‘ng o‘zbek madaniyati uchun katta ahamiyatga ega adabiy meros qoldirgan.

 

Uning ilk she’riy to‘plami 1950 yilda nashr qilingan. So‘ngra yana yigirmadan ziyod she’riy to‘plamlari va dostonlari chop etilgan. Jumladan, “Imonim, e’tiqodim”, “Yaralangan qo‘shiqlar”, “Suluv suluv emas, suygan suluv”, “Shukrona”, “Mehrigiyo”, “Dovon va devon”.

 

Sulton Akbariy esdalik dostonlar muallifi bo‘lgan. Xususan, “Girdob” (1964) va “Qatag‘on” (1992) dostonlarida qatag’on yillarida sodir bo‘lgan ko‘plab voqealar yoritilgan bo‘lib, ularda mamlakatning ko‘plab madaniyat va siyosatshunos arboblari hayoti va o‘limiga doir sirlar pardasi ochilgan.

 

Ko‘plab tarjimalari orasida “Manas” qirg‘iz eposini alohida sanab o‘tish maqsadga muvofiqdir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x