Domoryad Aleksandr Petrovich

Tarjimai hol

 

Aleksandr Petrovich Domoryad 1907 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1930 yil O‘rta Osiyo davlat universitetini bitirgan. Talabalik chog‘laridayoq Toshkentning oliy o‘quv yurtlarida o‘qituvchilik faoliyatini boshlab, 1931 yildan doimiy tartibda Toshkent universitetida ishlagan. Aleksandr Petrovich 45 yillik pedagogik faoliyati davomida fizika-matematika (keyinchalik mexanika-matematika) fakultetida kurslar tashkil etishda katta mehnat sarflagan, talabalarga ta’lim berish jarayonida ma’ruzalar o‘qigan. Aleksandr Petrovich oliy algebra bo‘yicha umumiy va maxsus kurslar, guruhlar nazariyasi, matematik tahlil, sonlar nazariyasi, geometrik tuzim nazariyasi, tabiiy sonlar hisobi, ehtimollik nazariyasi, taxminiy hisoblarga oid turli kurslar, maxsus kurslar: chizma geometriya, nomografiya, elementar geometriya va boshqalar bo‘yicha ma’ruzalar o‘qigan.

SSSRning qator universitetlarida rivojlanish farmoniga ko‘ra, hisoblash-matematiklarini tayyorlash bo‘yicha ToshDUning mexanika-matematika fakultetida hisoblash matematikasi ixtisosligi tashkil etilishida ulkan ishlarni amalga oshirgan. Hisoblash matematikasi kafedrasi tashkil etilishidan ancha avval ko‘plab talabalar Aleksandr Petrovich rahbarligida hisoblash matematikasining turli masalalariga oid diplom ishlarini yozishgan. Aleksandr Petrovich o‘nlab diplom ishlariga rahbarlik qilgan.

1959 yildan 1967 yilgacha hisoblash matematikasi kafedrasiga mudirlik qilib, ushbu davr mobaynida yuzga yaqin hisobchi-matematiklarni tayyorlagan.

Ushbu himmatli pedagogik faoliyatida ToshDUning yuzlab matematik bitiruvchilar ijobiy iz qoldirib, ulardan ko‘plari ajoyib o‘qituvchi, fan nomzodi va doktorlari bo‘lib yetishdi.

Aleksandr Petrovichning qator ilmiy ishlari matematika sohasidagi pedagoglarga qaratilgan. Xususan, elementar matematika ensiklopediyasidagi (“Elementar matematika ensiklopediyasi”, ikkinchi kitob, 1951 yil) “Tenglamani yechishda hisobli va grafik usullar”, Bolalar ensiklopediyasidagi “Hisob qurilmalari” maqolasi (3-jild, ikkinchi nashr), Katta Sovet ensiklopediyasidagi “Matematik o‘yinlar” maqolasi. “Elementar matematika ensiklopediyasi” 1952 yilida nemis tiliga tarjima qilingan.

Aleksandr Petrovichning qiziqarli matematikaga nisbatan ishtiyoqi doim baland bo‘lgan. Natijada, uning “Matematik o‘yinlar va ko‘ngilocharliklar” (1961 y.) nomli ajoyib kitobi yaralib, sinfdan tashqari tashkilotchilar uchun matematika bo‘yicha qo‘llanmaga aylandi. Kitob ingliz, nemis, fransuz, litva va boshqa tillarga tarjima qilinishi uning muvaffaqiyatining yana bir isbotidir. Hozirda bu kitob nodir sanaladi.

A.Petrovich V.I.Romanovskiy asos solgan Toshkentdagi fizika-matematika jamiyatining faol a’zolaridan hisoblangan. 1940 yildan 1955 yilga qadar ushbu jamiyat kotibi bo‘lib, u yerdagi ilmiy-uslubiy ishlarni boshqargan.

Aleksandr Petrovich tomonidan matematik jamiyatning maktab bo‘linmasi tashkil etilgan bo‘lib, uni 10 yil davomida boshqargan. 1934 yildayoq universitet qoshida matematika to‘garagini tashkil etib, bu ishga aspirantlar, talabalarni jalb qilgan, muntazam ravishda yakshanbadan yakshanbaga qadar darslar uchun ma’lumotlar tayyorlagan, to‘garakdagi ishni olib borgan. To‘garak qatnashchilarining soni o‘sib, yuzlab ishtirokchilarni o‘z ichiga olgan. Endi bu 7, 8, 9, 10-sinflarning rus va o‘zbek tillaridagi birlashgan to‘garagi bo‘lgan. Mazkur to‘garakda ishtirok etuvchi ko‘plab maktab o‘quvchilari o‘zlarining kelajak kasblari — matematiklikni belgilab qo‘yishgan edi.

Aleksandr Petrovich — Toshkentdagi matematikadan o‘tkaziladigan olimpiadalarning tashabbuskori va tashkilotchisidir. U 24 ta olimpiadaning tashkiliy qo‘mita vakili, Birinchi va ikkinchi respublika olimpiadalari raisi o‘rinbosari bo‘lgan. Respublikada matematika olimpiadalari o‘tkazilishi an’anaga aylangan bo‘lib, bunda uning xizmati kattadir.

Aytish joizki, matematik jamiyatning maktab bo‘linmasi, maktabning matematika to‘garagi, olimpiadalar o‘tkazilishi kabi u tomonidan qilingan barcha ishlar jamoatchilikka ibtido bo‘ldi.

Matematika sohasi rivojidagi katta xizmatlari, shuningdek, samarali pedagogik faoliyati uchun u “Ikkinchi jahon urushida fidokorona mehnatlari uchun” medali va “UzSSR xalq ta’limi a’lochisi” nishoni bilan taqdirlangan.

Aleksandr Petrovichning har doim hushmuomala va tarbiyaliligi unga barcha narsada talabchan va qat’iyatli bo‘lishiga xalal bermadi. U o‘z bilimlari bilan beminnat bo‘lishgan. U yoshidan qat’iy nazar, barcha uchun juda qiziq hamsuhbat bo‘lgan. Ko‘plab ulug‘ insonlar u bilan bo‘lgan turli mavzulardagi qiziq suhbatlarini hanuz yodga olishadi. Aleksandr Petrovich har tomonlama yetuk va iqtidorli inson bo‘lgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x