KRIOGEN TEXNIKASI

KRIOGEN TEXNIKASI — kriogen t-ralar, yaʼni 120°K dan past t-ralar hosil qilish, toʻtib turish va ulardan foydalanish texnikasi. Kriogen texnikasi vositalari: kriostat va shunga oʻxshash boshqa qurilmalar; suyultirilgan va qattiq holatga keltirilgan gazlar (kislorod, azot, geliy va b.) ishlab chiqaradigan qurilma va apparatlar; bu gazlarni saqlash va tashish uchun idishlar; oʻta past t-ralardan foydalanib izotop va gaz aralashmalariga ajratuvchi qurilmalar. Boʻlardan tashqari, kriogen vakuum vasoslari, oʻta oʻtkazuvchan kriogen generatorlar, dvigatellar va gazli sovitish mashivasi asosidagi solenoidlar, mikrosovitkichlar va boshqalar Kriogen texnikasining vositalari boʻlib xizmat qiladi. Kriogen texnikasi vositalari va usullardan energetikada, kriogen elektronikada, metallurgiya, atom, kosmik va raketa texnikasida, shuningdek, tibbiyotda (kriojarrohlik asboblari), biol. da (kriobiologiya), q. x., oziq-ovqat sanoati va b. da foydalaniladi. Kriogen t-ralarni fan va texnikaning koʻp sohalarida qoʻllash natijasida Kriogen texnikasining bir necha mustaqil yoʻnalishlari, mas, krioelektronika, kriobiologiya va b. paydo boʻldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x