KRESTYANLAR ARMIYASI — Rossiyadan koʻchirib keltirilgan rus mujiklaridan Jalolobodsa tuzilgan armiya (1918—20). Jalolobod va Oʻshdagi rus qishloqparining aqolisi chor Rossiyasi davrida koʻchib keltirilgan rus krestyanlaridan tashqil topgan boʻlib, 1918-y. koʻzida ularga sovet hokimiyati oʻzlarini himoya qilish uchun qurol-yarogʻ tarqatgan. Turkiston Respublikasi harbiy komissari K. Osipov 1918-y. dek. da Fargʻovada Krestyanlar armiyasi rahbarlari bilan uchrashadi. Polkovnik K. Monstrov boshchiligidagi Krestyanlar armiyasi dastlab, qizil askarlar va dashnoklar qatorida turib tinch aholini qirishda qatvashdi. Ularning Fargʻova vodiysidagi Bozorqoʻrgʻon, Oyim, Qoʻqonqishloq va Suzoq qishloqlarida tinch aholiga nisbatan qilgan xunrezliklari bunga dalildir. 1918-y. ning oxiri va 1919-y. ning bo-shida bu toʻrtta yirik qishloq butunlay yakson qilindi, barcha aholi esa qirib tashlandi. Biroq bolsheviklar yuritayotgan siyosat K. a. rahbarlariga yoqmayotgan edi. Chunki ular xususiy mulkning tugatilishi, gʻalla monopoliyasi va sovet rejimining boshqa tadbirlariga qarshi edilar. Buning ustiga koʻchib kelingan vaqtda tub xalqlardan tortib olingan yer-suvni sovet hokimiyati musodara qilayotgan edi.
1919-y. yozida Madaminbek taktik maqsadlarni koʻzlab, bolsheviklar va qizil armiyaga qarshi Fargʻova vodiysida yagova kuch tashkil qilish uchun Krestyanlar armiyasi rahbarlari bilan muzokaralar olib bordi. Ular, oʻz navbatida, Madaminbekni vodiyni oʻz nazoratida toʻtib turuvchi yagova zamonaviy sarkarda sifatida tan oldi. Ikkala tomon rahbarlari, dastlab, 1919-y. 20-iyunda uchrashsalarda oʻrtada shartnoma imzolanmadi. Shunday boʻlishiga qaramasdan, Jalolobod, Qurshob va Oʻshda turgan Krestyanlar armiyasining koʻplab askarlari Madaminbekka qoʻshilib, iyul oyida qizil armiyaga qarshi janglarda qatvashdi. Bu orada Madaminbek va Monstrov oʻzaro bir necha marta uchrashib, shartnoma shartlarini kelishib olishdi. 1919-y. 2 sent. da Madaminbek bilan Monstrov oʻrtasida sovet rejimiga qarshi birgalikda kurashish toʻgʻrisida shartnoma imzolandi. 10 ta polkdan iborat 5000 kishilik Krestyanlar armiyasi Madaminbek tomoniga oʻtdi. Birlashgan armiyaning Oliy bosh qoʻmondoni sifatida Madaminbek, uning oʻrinbosari sifatida Monstrov tan olindi. Qoʻrboshilarga rahbarlik qilish Madaminbekning eng yaqin yordamchisi Soli Maxdumga yuklatildi. Sent. ning boshlarida birlashgan armiya Jalolobod, Oʻsh va Margʻilon sh. lari, Novqat sh. chasini qizil askarlardan ozod qildi. 10 sent. dan Andijon, Skobelev (hoz. Fargʻova), Namangan sh. larini bir vaqtning oʻzida qamal qilishga kirishdi. Sovet qoʻmondonligi Rossiya markazidan Orenburg orqali Turkistonga katta harbiy kuchlarni tashladi. Madaminbek Krestyanlar armiyasi bilan ittifoq tuzib, xato qilganligini keyingi voqealar koʻrsatdi. Chunki eng qaltis vaziyatlarda Krestyanlar armiyasi rahbarlari bir necha marta pand berishdi. Andijon sh. kamal qilinayotganda ular oʻz marralarini tashlab, orqaga chekinishdi. Hujum chizigʻidagi bunday boʻshlikdan unumli foydalangan qizil askarlar qamalni yorib oʻtishgan edi. Krestyanlar armiyasi bir qancha janglarda magʻlubiyatga uchrab, 1920-y. boshlarida Gulcha istexkomi va Ergashtomga chekindi. 1920-y. 17 yanv. da Monstrov, sal keyinrok, general-mayor A. Muxanov oʻz ixtiyori bilan qizil askarlarga taslim boʻldi. Ular keyinchalik yava qizil armiya bilan hamkorlik qilib, ancha muddat Turkfront shtabida xizmat qilishdi. 23 fev. da sovet armiyasi jangchilari Gulcha istehkomini egʻallagach, Krestyanlar armiyasi butunlay tugatildi.
Ad.: Rajabov K,., Mustaqil Turkiston fikri uchun mujodalalar, T., 2000; Oʻzbekiston yangi tarixi, 2-kitob, [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Turkestan v vachale XX veka: k istorii istokov vatsiovalnoy nezavisimosti, T., 2000.
Qahramon Rajabov.