PLANIMETR (lot. planum — tekislik va yun. metreo — oʻlchayman) — toʻgʻri shaklli boʻlmagan yassi shakllar yuzasini aniqlash uchun moʻljallangan mexanik asbob. Eng keng tarqalgan Planimetrning asosiy qismlari: hisoblash mexanizmi va shakl qiyofasini chizib chiqadigan shtifli dasta (richag). P. ning qut-biy, chiziqli va radial xillari bor. Qutbiy Planimetrda shtift aylana, chiziqli Planimetrda toʻgʻri chiziq va radial Planimetrda nuqta boʻyicha harakatlanadi. Baʼzi tur integ-rallarni topish uchun ishlatiladigan Planimetr xam bor. Planimetr geometriyada, loyihalash ishlarida, harbiy ishda, geodeziya va geofizika sohalarida ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые