DO`STLARGA ULASHING:
🌳 Pavloniya ko’chatlari
Pavloniya daraxti hududimizda o’zining yog’ochbop va tez o’sishligi tufayli keng ommalashayapti. Siz pavloniya ko’chalari orqali daromad olishingiz mumkin. Buning uchun ularni issiqxonada yetishtirish zarur.
— Pavloniya asosan urug’idan ko’paytiriladi. Bugungi kunda 50g urug’ 500 000 so’m. 50g urug’dan o’rtacha 15 000 ta nihol o’sib chiqadi.
O’zbekistonda bir oylik ko’chatlarning narxi o’rtacha 2500 so’m. Bir oy mobaynida issiqxonani isitish, chirindi va boshqa chiqimlarga o’rtacha 5–6 million so’m harajat qilasiz.
💰Agar Pavloniyaning 1 oylik ko’chatlarini sotmoqchi bo’lsangiz, 15 000 × 2500 = 37.5 million so’m bo’ladi. Xarajatlarni chiqarib yuborsak o’rtacha 25–30 million so’m sof foyda bo’ladi. Ko’proq ko’chat ko’proq foyda.