Tarjimai hol
Zokirov Jamshid Karimovich — teatr va kino aktyori, teleboshlovchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
Jamshid Zokirov 1948 yilning 11 iyulida Toshkent shahrida, taniqli o‘zbek qo‘shiqchisi Karim Zakirovning oilasida tavallud topgan. U avval “O‘zbekfilm”ning akterlik mahoratida, keyin esa Toshkent teatr-san’at institutida ta’lim olib, 1971 yil tamomlagan. O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri va Rus akademik drama teatrilarida rollar ijro etgan.
Uzoq vaqt davom etgan xastalik sababli, 2012 yilning 7 aprelida Toshkent shahrida, vafot etdi.
Oilasi
• Otasi — Karim Zokirov (1912-1977), opera qo‘shiqchisi (bariton), O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti.
• Akasi — Botir Karimovich Zokirov (1936-1985), o‘zbek qo‘shiqchisi, rassom va adabiyotshunos, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti.
• Akasi — Farruh Karimovich Zokirov, qo‘shiqchi, “Yalla” o‘zbek ansamblining badiiy rahbari, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti.
• Turmush o‘rtog‘i — Gavhar Zokirova, o‘zbek aktrisasi.
• Singlisi — Luiza Zokirova, xonanda.
• Jiyani — Nargiz Zokirova (1970 yil tavallud topgan), qo‘shiqchi. Singlisi Luiza Zokirova va Botir Zokirovning ansamblidagi zarbdori Po‘lat Morduxayevning qizi.
Mukofotlari
• O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1995).
• San’atga qo‘shgan hissasi uchun Mark Vayl nomidagi “Ilhom” mukofoti laureati (2010).
Ijodi
Teatrdagi faoliyati
• “Venetsiyada tun”
• “Mardikor”
Filmografiya
• 1969 — O‘n uch terak ko‘chasi — lavha
• 1985 — Kelinlar qo‘zg‘oloni
• 1986 — Orzular og‘ushida
• 1987 — Yengilish alami
• 1989 — Bo‘hron — lavha
• 1990 — Temir xotin — Olimtoy
• 1993 — Baxtim menim — sen qon bilan to‘langansan (O‘zbekiston)
• 2007 — Platina — lavha (titrlarda yo‘q)
• 2009 — Salamandra izi — lavha
• 2011 — Visotskiy. Tirikliging uchun tashakkur