Mahmudov Mahkam

Tarjimai hol

Mahkam Mahmudov ijodiy faoliyatini she’riyatdan boshlagan. Keyinchalik u nasr yo‘nalishiga o‘tadi va fantastik janrda hamda tarixiy mavzularda qalam tebratadi. Adabiy yutuqlari uchun “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.

Adabiyotshunos va shoir Mahkam Mahmudov 1940 yil Andijon viloyatining Asaka tumanida tug‘ilgan.

1947-1957 yillar Andijondagi Muqimiy nomidagi maktabda tahsil olgan. 1957 yildan 1962 yilgacha u Toshkent davlat universitetida tahsil olgan. 60-yillardan bugungi kungacha turli gazeta va oynomalar tahririyatlarida faoliyat yuritib keladi. Bugungi kunda u “Muloqot” oynomasida adabiy xodim sifatida faoliyat yuritmoqda.

“Bibixonim”, “Shohlar malikasi”, “Movarounnahr yulduzi”, “Sulton Mahmud G‘aznaviy”, “Boysung‘ur ibn Shohruh”, “Imom Zayniddin G‘azzoliy” kabi qissa, hikoya va badialari tarixiy mavzularda yaratilgan bo‘lsa, “Men — men emasman”, “Teskari ko‘zlar sayyorasi”, “Sirli qasr”, “Mangu kuy izlab” singari asarlarida fantastik janrda yozilgan.

Mahkam Mahmudov adabiyotshunos sifatida ham ijodiy faoliyat yuritib kelmoqda. Uning “Iqtidor va ijod falsafasi”, “Mangulik lahzalari”, “Hayrat va tafakkur” asarlari ilmiy-adabiy omma e’tiborini o‘ziga tortgan. U filologiya fanlari nomzodi hisoblanadi va M.Uyg‘ur nomidagi san’at institutida, A.Qodiriy nomidagi Madaniyat institutida (hozirgi San’at va madaniyat instituti) o‘zbek va xorij adabiyotidan ma’ruzalar o‘qiydi.

Yozuvchi tarjimon sifatida ham taniqli. U keyingi asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan: Arastuning “Poetika” risolasini, Balzakning “Sag‘ri teri tilsimi” romanini, Andersen ertaklari, Stefan Sveygning “Kuygan ko‘ngil faryodi” novellalar to‘plami (O‘tkir Hoshimov bilan birga)ni, Oskar Uayldning “Yulduzdan tushgan bola”, “Sadoqatli do‘st”.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x