ZEBUNNISO BEGIM

ZEBUNNISO BEGIM (1643 Dehli — 1721) — shoira, maʼrifatparvar. Boburiylar sulolasidan Avrangzebning qizi. Onasi Dilrasobonu Gulbadan begimning avlodlaridan. Bareliy («Tazkirai shoiroti urdu» — «Urdu shoirlarining tazkirasi»), Sherxoni Ludiy («Mirot ul-xayol» — «Xayol oynasi»), Hakimxon ToʻraMuntaxab ut-tavorix» — «Tanlangan tarixlar»), Fazliy («Majmuai shoiron» — «Shoirlar majmuasi») va b. tarixchi va tazkiranavis olimlar asarlarida Zebunniso begim hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar uchraydi. Otasi Avrangzeb qizida sheʼr va shoirlikka mayl sezgach, oʻsha davrning mashhur olimi Mullo Muhammad Sayd Ashraf Isfaxoniyni unga muallim qilib tayinladi. Zebunniso begim bu olimning tarbiyasida zabardast shoira, olima, sozanda va xattot boʻlib voyaga yetdi. Soʻngra ilohiyotga oid bir asar yozib, uni shu ustoziga bagʻishladi. Zebunniso begim oʻzbek, fors, arab tillarining sarfu nahvi (morfologiya va sintaksis)ni oʻzlashtirgan. Xusrav Dehlaviy, Navoiy, Bobur asarlarini sinchiklab oʻrgangan. Hindiston olimlari, shoirlari va sanʼat ahllariga koʻp gʻamxoʻrliklar qilib, oʻz zamonida ilm va sanʼatning rivojlanishiga zoʻr taʼsir qilgan. Oʻsha zamonning koʻp olimlari shaxsan Zebunniso begimdan maosh olar edilar. Shuning uchun xam tarixchilar unga kjsak baxr berib, Zebunniso begim otasi hukmdorlik bilan qozona olmagan shuhratni ilm va odob bilan krzongan deb taʼkidlaydilar.

Shoira ijodining shakllanishi va kamolga yetishida adabiy muhitning taʼsiri kuchli boʻlgan. Akasi Aʼzamshohning adabiyotga qiziqishi, uyida boʻlib turadigan mushoiralar unda sheʼriyatga havas uygʻotadi. Yetuk shoir va olimlar bilan tanishadi. Ayniqsa, Zebunniso begimning Bedil bilan mushoiralar qilishi ikki buyuk talant mehnatiga barhayotlik bagʻishladi.

Shoira murakkab, ziddiyatli bir davrda yashab, ijod etdi. 19 yoshidayoq kup ayanchli voqealarning shohidi boʻldi. Avrangzeb saltanat uchun kurashda akasi Doroshukuh, ukalari Murodbaxsh va Shohshujoʼlarni yengib, taxtni egallaydi (1658), kasalmand otasi Shohjahonni 16 yil uy qamogʻida asraydi. Oʻz oʻgʻli Akbarni taxt uchun kurashda ayblaydi. Qizi — Z. b. ni ham bu ishda hamfikr hisoblab, Dehlidagi Salimgarhi qoʻrgʻonidan chiqarmaydi. Mamlakatdagi notinch hayot, saltanat uchun kurashning avj olishi shoira dunyoqarashini tubdan oʻzgartirdi. Zebunniso begim ijodida ijtimoiyfalsafiy fikrlar chuqurroq ildiz ota boshladi. Dastlabki sheʼrlaridayoq tabiat tasviri orqali insonning orzuumidlarini, adolat va haqiqatni kuyladi. Rostlikni, haqqoniylikni targʻib qildi, aldamchi, firibgarlardan nafratlandi («Agar jannatni vaʼda qilsada, u odam soʻziga aldanma…»). Z. b. ijodining baʼzi tomonlari Bedil falsafasiga hamohang. Shoira insonning goʻzalligi keltirgan foydali ishida, mehnatida, qadrqimmati uning maqsadida deb biladi.

Zebunniso begimning asosiy mashgʻuloti sheʼriyat, musiqa, ilm boʻlgan. U butun huzurhalovatni, takdir va baxtni, kishilar orzu qilgan jannatni xam kitobda — ilmda, deb bilgan. Lirik sheʼrlar b-n birga odob va axloqqa oid «Zeb uttafosir» («Goʻzal tafsirlar»), «Zeb unnashot» («Nashʼalar ziynati») va tasavvuf falsafasiga doyr «Munis ularvoh» («Ruhlarning sodiq doʻsti») kabi risolalar ham yozgan. Sheʼrlari ajdodlarining yurti Markaziy Osiyoda, Hindiston, Afgʻoniston, Eron, Pokiston va b. Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Gʻazallari oʻzbek xalqining sevimli qoʻshiklariga aylangan. Hoziq, Xiromiy, Nodir, Sobir Abdulla va boshqalar Zebunniso begim gʻazallariga muxammaslar bogʻlaganlar.

Shoiraning sheʼriy merosi bizgacha toʻliq yetib kelmagan. 8000 misrali bir devoni (gʻazallari), 7 qasidasi, 5 tarjeʼband va bir muxammasigina saqlanib qolgan. Baʼzi manbalarda shoiraning «Maxfiy» taxallusi bilan ijod qilgani aytiladi. 19a. 2yarmi — 20a. boshlarida koʻchirilgan «Devoni Maxfiy» Z. b. ga nisbat beriladi. Zebunniso begim asarlari qoʻlyozmasi dunyodagi koʻpgina kutubxonalarda, shu jumladan, Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik intida saqlanadi (inv. № 2590, 1269, 1936). Dehlidagi «Zarzari» qabristoniga Nizomiddin Avliyo, Amir Xusrav Dehlaviy yonida dafn etilgan.

Ad.: Jalolov T., Oʻzbek shoiralari, T., 1980.

Begali Qosimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x