ISHCHILAR

ISHCHILAR — industrial jamiyatda mehnatga layoqatli aholining yollanib ishlovchi va jismoniy mehnat bilan shugʻullanuvchi toifasi, ijtimoiy guruh. 19-a. oʻrtalarida Yevropada sanoat rivojlanishi bilan dehqonlar va hunarmandlar hisobidan sanoat proletari-ati paydo boʻldi, Ishchilarning kasaba uyushmalari va siyosiy partiyalari shakllan-di (q. Marksizm, Sotsializm). 20-a. ning 2-yarmidan rivojlangan industrial mamlakatlarda fan-texnika progressi, xizmat koʻrsatish sohalarining oʻsishi va b. natijasida Ishchilar soni nisbatan qisqardi (iqtisodiy faol aholining 50% dan kam qismi), turmush darajasi, madaniy rivojlanishi va b. boʻyicha Ishchilar bilan boshqa ijtimoiy guruhlar oʻrtasidagi qatʼiy chegaralar oʻzgardi; turli ijtimoiy-kasbiy qatlamlarni oʻz ichiga olgan Ishchilarning oʻz tarkibi ham oʻzgardi. Sobiq SSSR va boshqa sobiq sotsi-alistik mamlakatlarda Ishchilar jamiyatning rahbar kuchi — gegemoni deb eʼlon qilingan edi, lekin totalitar tuzum davrida bu qatlam oʻz manfaatlarini ifodalash va himoya qilishning real imkoniyatlaridan mahrum edi. 1980-y. lar oxiridan bu mamlakatlarda Ishchilarlar harakatining qayta tiklanishi jara-yoni boshlandi.

Hoz. davrda mehnat axdining asosiy qismi boʻlgan Ishchilar oʻziga xos ijtimoiyiqtisodiy maqomga ega, bu ularning yollanib ishlashi; xizmatchilardan farqli holda jismvniy mehnatni talab qiluvchi ishlar bilan shugullanishi va mehnatdan kelgan daromad sohibi boʻlishida koʻrinadi. Qaysi sektorda band boʻlishiga qarab industrial, agrar va xizmat kursatish sohalaridagi Ishchilarga, kasb mahoratiga qarab malakali va malakasiz Ishchilarga, fuqaroligiga qarab milliy va kelgindi yoki migrant Ishchilarga boʻlinadi.

Oʻzbekistonda milliy Ishchilar 20-a. ning boshlarida xorij kapitaliga va mahalliy boylarga qarashli kichik korxonalarda yollanib ishlagan mardikorlar, chorakorlar, kambagʻal dehqonlar va ishi yurishmagan hunarmandlar hisobidan shakllana boshladi. Shoʻrolar davrida sanoatning rivojlanishi bilan Ishchilar soni koʻpaydi, lekin bu jarayon, asosan, kelgindi Ishchilar hisobiga yuz berdi. Milliy Ishchilar agrar sohada band boʻlib, asosan, davlat xoʻjaliklari (s-zlar) da ishlagan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin sanoatning rivojlanishi malakali milliy ishchi kadrlarga extiyojni kuchaytirdi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturiaa kasbhunar taʼlim tizimi orqali malakali Ishchilar tay-yorlashga alohida eʼtibor berilgan. Res-publikada sanoatning rivojlanishiga qarab Ishchilarning mehnatchilar tarki-bidagi salmogʻi astasekin oshib bormoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x