ISHONUVCHANLIK

ISHONUVCHANLIK (psixologiyada) — ishontirishta beriluvchanlik. Beriluvchanlik darajasi ishontiruvchining taʼsiriga berilishga va boʻysunishga ichki tayyorgarligi bilan belgilanadi. Ishonuvchanlik individning sharoitga va shaxsiy omillarga kay darajada boglik ekanini koʻrsatib turadi. Shaxsning yuqori Ishonuvchanlik xususiyatlariga oʻz-oʻziga ishonmaslik, oʻzining norasoligini his qilish, itoatkorlik, jurʼatsizlik, tortinchoklik, xavotirlanish, taʼsirlanuvchanlik, mantiqiy tafakkurning sustligi, psixik faoliyat jarayonining sekinligi kiradi. Subyektning psixofizik holati, muhokama qilinayotgan masalada yoki bajarilayotgan faoliyat turida xabardorlik, kompetentlilik darajasining pastligi, qaror qabul qilish uchun vaqtning kamligi shaxsda Ishonuvchanlikning oshi-shiga taʼsir koʻrsatadi. Har bir odam maʼlum sharoitlarda kandaydir darajada ishonuvchan boʻlishi mumkin. Ishonuvchanlikning ikki turi aniqlangan. Birinchi-si, oʻz-oʻzini ishontirishga, gipnozga nisbatan sezgirlik, ikkinchisi esa boʻysunish munosabatlari, subyektning oʻziga beradigan bahosining pastligi bilan bogʻliq. Ishonuvchanlik shaxs psixikasining normal xususiyati, ammo haddan ziyod Ishonuvchanlik xulq-atvorni izdan chikarishi mumkin va u salbiy sifat deb baholanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x