MIR ALI TABRIZIY

MIR ALI TABRIZIY (13301405) — xattot, nastaʼliq xatining ixtirochisi (Sultonali Mashhadiyning taʼkidlashicha, Mir Ali Tabriziy bu xatni nasx va taʼliq yozuvlari asosida yaratgan). Amir Temur va Shohrux Mirzo xizmatida boʻlgan. Nastaʼliq xatining qonunqoidalari bayon etilgan risola yaratgan, koʻplab shogirdlar tayyorlagan. U koʻchirgan qoʻlyozmalar, jumladan, Kirmoniyning «Xumoy va Humoyun», «Kamolnoma», «Ravzat al-anvar» dostonlari (1396, Britaniya muzeyida), Saʼdiyning «Kulliyot»i, «Boʻston» asari (1377), Nizomiy va Dehlaviyning «Xamsa»lari (Eron milliy kutubxonsida) va qitʼalar (1donasi Sankt-Peterburgdagi Rossiya milliy kutubxonasida) bizgacha yetib kelgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x