MENINGOKOKK (yun meninx, raeningos — miya qobigʻi va kokkos — don) — epidemik serebrospinal meningit kasalligini qoʻzgʻatuvchi mikroorganizm; kokklarta kiradi, juft sharsimon (diplokokk) koʻrinishda boʻladi. Meningokokklar Neisseriaceae oilasi Neisseria urugʻiga mansub. Meningokokkning (Neisseria meningitidis) sof kulturasini avstriyalik olim A. Vekselbaum 1887-y. meningit bilan ogʻrigan bemorning orqa miya suyukligidan ajratib olgan. Meningokokklar tashqi muhit va dezinfeksi-yalovchi eritmalar taʼsiriga chidamsiz. Tabiiy sharoitda Meningokokk larga hayvonlar chidamli. Meningokokkning, asosan, A va V guruhlari koʻp uchraydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые