MAZDAK ibn Hamdodon (470-529) mazdakiylik taʼlimotining asoschisi, mazdakiylar harakatining rahbari. Mazdak Eron shohi Qubod I (488—531) hukmronligi davrida zardushtiylik otashgohlarining birida koqin, keyinchalik Eron bosh kohini boʻlgan. Mazdak taʼlimotining asosida tenglik gʻoyasi yotadi. Uning fikricha, dunyoning barcha boyliklari olamlarga teng taqsimlanishi lozim. Buni zoʻrlik yoʻli b-n amalga oshirishni yoqlagan. Koqinlar va amaldorlarning iqtisodiy, siyosiy hukmronligi barbod boʻlgandan keyin Kubod I M. bilan aloqani uzdi. Mazdak zar-dusht kohinlari va zodagonlarga qarshi dehqon va hunarmandlar qoʻzgoloniga rahbarlik qildi. 529-y. quzgolon bostirilgach, Mazdak qatl etildi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые