MADOVTEPA — soʻnggi jez va ilk temir davriga oid arxeologik yodgorlik (mil. av. 2-ming yillikning oxiri — 1ming yillik boshlari). Turkmanistonning Misriyon vohasidagi Madov sh. xarobasi yaqinida. Madovtepada 1930-y. da M. Ye. Masson, keyinroq A. A. Marushenko arxeologik tadqiqot ishlari olib borgan. 1947, 1951—53 y. larda Madovtepa Masson rahbarligidagi otryad yodgorlikda statsionar va stratigrafik qazishmalar oʻtkazib, uni bir necha qurilish bosqichlaridan iborat yoshini aniqlagan. Qazish jarayonida uy-joy qoldiklari va turli xil arxeologik materillar topilgan. Topilmalar, asosan, naqshsiz kulrang sopol idishlar (togʻora, koʻzacha, 1 va 2 quloqli koʻzalar, joʻmrakli kosa, kosasimon idishlar), jez shamshir, jez paykon va b. dan iborat. Madovtepa aholisining xoʻjaligini, asosan, sugorma dehqonchilik va xonaki chorvachilik tashkil etgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые