MAVZOLEY (yun. Mausoleion) — qabr yoki mozor ustiga qurilgan mahobatli inshoot; M. nomi Kariya podshosi Mavsol (mil. av. 4-a. oʻrtalari) sagʻanasi nomidan kelib chiqqan. Mavzoley qad. Rimda, oʻrta asrda Sharqda (q. Maqbara) keng tarqalgan. Keyinchalik meʼmorlikda Mavzoley va minbar meʼmorligining uygʻunlashuvi Mavzoley uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Mas, Moskvadagi Lenin, Sofiyadagi G. Dimitrov, Ulan-Batordagi Suxe-Bator va Choybalsan, Xanoydagi Xo Shi Min va b. ning Mavzoley lari ayni paytda ham daxma, ham minbar boʻlib xizmat qiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые