DO`STLARGA ULASHING:
❓Varikoz qanday kasallik?
Shifokor-valeolog Baxtinisa Azimboyeva:
🔺Oyoq va qo‘ldagi qon tomirlari anatomik jihatdan bir-biridan farq qiladi. Shu sababli varikoz qo‘lda emas, oyoqda sodir bo‘ladi. Oyoqdagi vena qon tomiri klapanlar bilan qonni tepaga chiqarishi kerak.
🔺Arteriyadan qon tushishi osonroq. Lekin vena tomiri orqali qon tepaga chiqishi uchun uning klapanlari bir-biriga yetmay qolsa, klapanlardagi qon shishib, u yuza vena tomirlarida ko‘rinib turadi.
🔺Klapanlar o‘zaro yopishmasligi yallig‘lanish, qon quyuqlashishi kun davomida tik oyoqda turish oqibatida tomir devorlari shishishi oqibatida vujudga keladi.
🔺Venadagi qon shishib turishiga kamharakatlik sabab bo‘ladi. Chunki venani harakatga keltiradigan vosita bu bizning mushaklarimizdir.
🔺Shuningdek, varikozni oldini olish uchun qon quyuqlashib ketmasligiga ahamiyat berish, qonda infeksiyalar bo‘lmasligi kerak. Immunitetni kuchaytirish bularning barini oldini oladi.
@doridarmonlar