KARPINI Jovanni da Plano (1182-1252) — italiyalik sayyoh va rohib. Moʻgʻullarning gʻarbga qilgan istilosidan soʻng Rim papasi Innokentiy IV tomonidan (1245-y. gi Lion sobori topshirigʻiga koʻra), josuslik maqsadida yuborilgan elchilarga bosh boʻlgan (1245— 47). Liondan safarga chiqib, Jan. Rossiya, Xorazm, Yettisuv, Tarbagʻatoy orqali qoon oʻrdasiga, Qoraqurumga kelgan. Bu yerda u moʻgʻul zodagonlarining buyuk qoon saylash marosimi — qurultoyida qatnashadi va Oʻqtoyxonning oʻgʻli Guyukxonnm taxtga oʻtirish marosimida qatnashgan. Karpini vataniga qaytayotganda Botuxon qabulida boʻlgan, 1247-y. Guyukxon xati bilan qaytib kelgan. Safar hisobotini «Libellus historicus» asarida bayon etib, unda Karpini koʻrgan joylari, xususan, Movarounnahrning geog. si, xalqlari haqida maʼlumotlar toʻplagan. Xorazm, Qizilqum, Amudaryo, Sirdaryo, Tyanshan togʻlari haqida umumiy tushunchalar bergan. Yevropaliklar Sharq madaniyatiga oid maʼlumotlarni birinchi marta Karpini asarlaridan olgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые