Shoirlar. Miskin


Post Views:
108

MISKIN (taxallusi; asl ism-sharifi Fulomxalil Toshmuhammad o‘g‘li), (1880–1937) – shoir. Toshkentda tug‘ilgan. Balandmachitdagi maktabda, so‘ng Ko‘kaldosh madrasasida o‘qigan. Dastlabki she’rlari muhabbat mavzuida. Ko‘p o‘tmay, she’riyatiga zamon sadolari kirib kelgan. Xalqimizning milliy-ijtimoiy uyg‘onishida katta xizmat qilgan «Shuhrat» gazetasini she’r bilan quvvatlab chiqqan.

Miskin she’rlarida xalq ommasini asriy jaholatdan uyg‘onishga chaqirgan. Xalqqa erk va ozodlik ruhini singdirish, ularni haq-huquq uchun kurashga uyg‘otishda o‘z hissasini qo‘shgan. Miskinning avtobiografik she’rlari shoir hayotining og‘ir va murakkab kechganini ko‘rsatadi.

Miskin she’rlaridan 2 devon tuzgan. 200 sahifadan ko‘proq 1-devondan 1925 yilgacha yozilgan va chop etilgan she’rlari joy olgan. So‘nggi she’rlari 2-devonda jamlangan bo‘lib, 160–170 sahifani tashkil qilgan. Biroq ularning taqdiri noma’lum. 70 ga yaqin she’rlarigina saqlangan. Ushbu she’rlar shoirning o‘z qalamiga, o‘z ovoziga ega bo‘lgan, o‘zbek adabiyoti tarixida sezilarli iz qoldirgan iste’dod sohibi ekanini ko‘rsatadi. Toshkentda Miskin nomida ko‘cha va mahalla bor.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/shoirlar-miskin-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x