TENG OYOQLILAR (Isopoda) qisqichbaqasimonlar turkumi. Tanasining uz. 0,1—27 sm. Birinchi juft koʻkrak oyogʻi oyoqjagʻni hosil qiladi, qolgan 7 jufti bir xil uzunlikka va tuzilishga ega (nomi shundan). Korin oyoklari plastinkasimon boʻlib, qisman jabraga aylangan. Yuragi qorin qismida. Tirik tugʻib koʻpayadi. Keng tarqalgan. Dengiz, chuchuk suvlar va quruqlikda yashaydi. Turli organik qoldiqlar, chiriyotgan oʻsimliklar, qayvonlar murdasi bilan oziqlanadi, baʼzilari baliklarda va qisqichbaqasimonlarda parazitlik qiladi. 4500 ga yaqin turi maʼlum. Chuchuk suvlarda suv hoʻtikchasi, quruklikda har xil zahkashlar, dengizlarda dengiz suvaragi koʻp uchraydi. Koʻpchilik Teng oyoqlilar baliklar uchun oziq. Ayrim turlari dengiz portlaridagi yogʻoch inshootlarga shikayet yetkazadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые