PADUYA — Italiyaning shim. qismidagi shahar. Paduya viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 203,3 ming kishi (2001). Transport yoʻllarining muhim tuguni, kema katnaydigan kanal orqali Adriatika dengizi bilan bogʻlangan. Mashinasozlikning turli sohalari, kimyo, yengil, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Galiley ishlagan un-t (1222), botanika bogʻi (1545, Yevropada eng kds.), muzeylar bor. Shahar mil. av. 4-a. dan maʼlum. Uygʻonish davrida Paduyada rassomlik sanʼati nihoyatda yuksalgan. 1866-y. da Italiya qirolligiga qoʻshilgunga qadar turli davlatlar tarkibida boʻlgan. 12—15-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklar (cherkov va saroylar) saqlangan. Paduyada har yili xalqaro yarmarkalar oʻtkaziladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые