DO`STLARGA ULASHING:
Vitamin B 6
#Витамин Б 6
💊DORI SHAKLI 👇
Ineksiya uchun eritma , 1 ml ampulada chiqadi.
💊TARKIBI 👇
1 ml eritma , ya’ni 1 ampula 50 mg piridoksin gidroxlorid moddasini o’zida saqlaydi.
💊TA’SIRIGA KO’RA 👇
B guruh vitaminlari ta’siriga ega. Vitamin vosita.
💊QO’LLANILISHI 👇
— Markaziy va periferik nerv tizimi faoliyatini normallashtiradi.
— Organizmda vitamin B 6 yetishmovchiligida qo’llaniladi.
— Ovqat bilan ushbu vitaminning organizmga kirmaslik holatlarida qo’llaniladi.
— Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda va bolalarda vitamin B 6 ga bog’liq tirishishlarda qo’llaniladi.
— Anemiya , ya’ni kamqonlik holatlarida qo’llaniladi.
— Asab charchagan holatlarda nerv tolalarini faoliyatini yaxshilab , normallashtiradi.
— Oqsil , aminokislata , yog’ va uglevodning organizmdagi modda almashinuvidagi faoliyatini yaxshilaydi.
— Oshqozon — ichaklardan magniy va vitamin B 12 moddasini so’rilishini ta’minlaydi ( yaxshilaydi ).
— Dengiz va havo kasalligi qo’llash mumkin.
— Radikulit , nevrit va nevralgiyalarda qo’llaniladi.
💊QO’LLASH USULI VA DOZASI 👇
Mushak orasiga , vena ichiga va teri ostiga qo’llaniladi. Ko’pincha mushak orasiga yuborishadi.
Preparatning kunlik qo’llash dozasi har xil kasallikka qarab. Shu sabab odatiy xolatda kuniga kattalarga va 14 yoshdan katta bo’lgan bolalarga 1 — 2 ampula qo’llash mumkin.
6 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalarga esa kattalarga tayinlangan dozani 1/3 ( uchdan bir ) qismi qo’llash buyuriladi.
🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇
Vitamin B 6 uzoq muddat qo’llanganda paresteziyalar , uyquchanlik va qonda folat kislotasining miqdori kamayishi kuzatilishi mumkin.
❌QO’LLASH MUMKINMAS 👇
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda mumkin emas.
— Jigarning og’ir kasalliklarida mumkin emas.
— Oshqozon ichak yara kasalligida mumkin emas.
🔰ADMIN MASLAHATI 👇
💥Homiladorlik va emizish davrida qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
💥Vitamin B 6 organizmda ,,BAXT GORMONI » ya’ni serotonin gormoni sintezini amalga oshiradi.
💥Yosh bolalarda tirishish , ya’ni sudorgi holatlarida qo’llash mumkin. Kattalarga ham epilepsiya ,ya’ni tirishish , tutqanoq kabi kasalligi bo’lsa komleks davo ichida qo’llanadi.
💥Preparatni tez yubormang , sekin yuboring. Sababi tez yuborilganda sudorgi , ya’ni tirishish xolati kuzatilishi mumkin deyilgan.
💥Emizikli ayollarda , emizish faoliyatini susaytiradi.
💥Vitamin B 6 ni qabul qilganda , oshqozondagi kislotali muhit kuchayadi. Shu sabab oshqozon yarasi , perforatsiya ( oshqozon teshilishi ) va jig’ildon qaynashi kabi kasalliklar va belgilar bo’lsa preparatni ko’p va uzoq muddat qabul qilish kerak emas. Qisqa davolov kurslari mumkin ( 3 — 4 kun ).
💥Vitamin B6 (piridoksin) organizmda muhim vazifalarni bajaradi. Asab tizimi va oqsillar almashinuvi uchun zarur. U oqsil va yog‘ning normal hazm bo‘lishini ta’minlab, azot almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu vitamin soch to‘kilganda, terining yallig‘lanishida qabul qilinadi.
💥Vitamin B6 tarkibiga ega asosiy mahsulotlar — jigar, fasol, yormalar (grechka, so‘k), bug‘doy uni, drojji. B6 vitaminida bo‘lgan sutkalik ehtiyoj — 1-2 mg.ni tashkil qiladi.
💥Piridoksin (B6 vitamin)—
ko‘pgina o‘simlik va hayvon mahsulotlari: achitqi, bug‘doy murtagi, jigar, baliq, mol go‘shti va dukkakli donda bo‘ladi. Bu vitamin jigar, sut, kartoshka, sabzi, tuxum, sariyog‘, guruch, bug‘doy va karamda ko‘p bo‘ladi.
💥Organizmda piridoksin yetishmasa bolalar o‘smay qoladi, me’da-ichak ishi buziladi, kamqonlik ro‘y beradi. Homiladorlarda stomatit, terining yallig‘lanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik kuzatiladi. Kishi organizmi uchun zarur miqdordagi piridoksin ichak bakteriyalari ta’sirida hosil bo‘ladi.
💥Xalq orasida vitamin B 6 ni ,, OQ VITAMIN » deyishadi.
🔰NARXIGA KELSAK 👉 10 ampulasi — 4000 so’m.
💉Qo’llash — retsept bilan
💉Ishlab chiqaruvchi — Armaniston.
@FARMAKOLOGIYA_TTA
@KANAL_MUNDARIJASI
,,ТАБЛЕТКА » kanali