Abduazimova Umida

Tarjimai hol

Umida Abduazimova — mashhur o‘zbek shoirasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. “Shuxrat” medali bilan taqdirlangan.

1953 yil 1 iyun Toshkent shahrida tavallud topgan. O‘rta maktabni a’lo baxolarga tugatganidan so‘ng, 1970-1975 yillar davomida Toshkent davlat Universiteti jurnalistika fakultetida tahsil oldi.

Bo‘lajak shoira o‘zining ijodiy faoliyatini o‘zbek televideniya nashriyotida adabiy — badiiy dasturlarida ish boshlagan, undan so‘ng “Yosh Leninchi” va “Ma’rifat” respublika gazetalarida faoliyat olib bordi. Ko‘p yillar davomida “Tong yulduzi” gazetasi bosh muharriri bo‘lib ishladi, bugungi kunga kelib esa bolalar va o‘smirlar jurnali “G‘uncha” da bosh muharrir lavozimida ishlab kelmoqda.

Jurnalistika bo‘yicha ta’lim olgan shoira o‘zining ijodiy faoliyati davomida o‘zini ikki yo‘nalishga — jurnalistika va adabiyotga bag‘ishladi. “Men faqat she’rlarimda yig‘lab kuylay olaman-boshqacha yashay olmayman”- bu shoiraning hayotdagi shioriga aylanib ulgurgan.

Umida Abduazimovaning lirik ijod namunalari to‘plami mustaqillik yillarida yuz ko‘rdi. Ijod namunalaring o‘ziga xos nomlanishidan xam shoiraning qaynab turgan qalbini his eta olishingiz mumkin: «Sevilganda», «Sevinchim», «Ishqli umrim», «Seni ko‘rgim kelaveradi», «Salom, xayot — qadimiy qo‘shiq! ».

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x