Tarjimai hol
Moisey Ilich Slonim — Toshkent davlat universitetining asoschilaridan biri, taniqli shifokor hisoblanadi. Bir qancha bemorlarning baho berishicha, M.I.Slonim ko‘zga ko‘ringan shifokordir. U bemorlarning salomatligini o‘ylab tibbiyotning yangi qirralarini ochadi. Moisey Ilich Slonim 1893 yilda Toshkent gimnaziyasini oltin medal bilan tamomlaydi.
Shu yili Slonim Qozon universitetining tibbiyot fakultetiga o‘qishga kiradi, 1898 yil uni muvaffaqiyatli bitirib chiqadi. Keyin ona Vatani Toshkentga qaytib, chekka hudud vrachiligidan ish faoliyatini boshlaydi. A.P.Chexov yoki M.A.Bulgakov singari taniqli shaxslarning hayot va ijodidan bilamizki, qishloq vrachi amaliyoti tibbiyot sohasini turli jabhalarini o‘z ichiga oladi.
Toshkent qishloq vrachi faoliyati davomida u Bardangul, Kitobtepa, Jaloltepa qishloqlarida bezgak bilan og‘rigan bemorlarni muvaffaqiyatli davolagan. 1890-1904 yillarga kelib, Toshkent shahar kasalxonalarida ordinator bo‘lib ishladi. Bu yerda u qishloq vrachi tajribasi bilan tibbiyot bo‘yicha malakasini kengaytirish va takomillashtirishda yordam berdi.
Muntazam ravishda terapevt, nevrapatolog, infeksionist, pediatr, okulist, stomatolog, jarrohlik vazifalarini bajarishi misli ko‘rilmagan darajada bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladi. U Peterburgning ordinaturasida belgilangan muddatdan ortiq vaqt qolib, harbiy tibbiyot akademiyasida professor N.A.Velyaminov qo‘l ostida malakasini oshirdi.
Bir vaqtning o‘zida M.I.Slonim tibbiyot tadqiqot institutida Ye.S.London rahbarligida doktor ishi ustida ishladi.
Slonim tomonidan yozilgan: “Normal va patologik eng nozik nerv hujayralarini o‘rganish haqida”gi doktorlik dissertatsiyasi 13 may 1906 yil himoya qilindi. Akademiya rahbariyati Slonimni yanada malakasini oshirish uchun Berlinning eng yaxshi klinikasiga yo‘llanma berdi va bir yil davomida malakasini oshirdi. 1907 yilning yoz oyida Slonim ona Vatani Toshkentga qaytadi.
Uning bilim-ko‘nikmalari shu darajada oshdiki, shahar klinik ordinaturasi sifatida jamoatchilik o‘rtasida eng yaxshi shifokor deb tan olindi.
M.I.Slonim o‘z ustida tinimsiz ishladi va tibbiyot sohasiga yangilik qilishga harakat qildi. U akasi Solomon Ilichga fizioterapiya asbob-uskunalari, rentgen apparaturasini joriy etish va o‘rganishda tibbiyotni so‘nggi yutuqlarini barchaga namoyon etish uchun bor kuchini sarfladi.
1917 yil iyul oyida Slonim ordinator etib tayinlandi, so‘ng okrug harbiy gospitaliga maslahatchi sifatida ishlaydi. 1919 yilning may oyidan shahar sog‘liqni saqlash buyrug‘iga ko‘ra, terapevt konsultanti lavozimiga, keyinchalik bu klinika O‘rta Osiyo davlat universiteti tibbiyot fakultetini yaratilish bazasiga aylanadi. O‘rta Osiyo davlat universiteti tashkil etilgandan keyin M.I.Slonim va boshqa tibbiyot olimlari tibbiyot fakultetini yaratishga asos solishadi.
1920 yilning dekabr oyida Slonim terapevt propedevtika klinika kafedrasining mudiri va dotsenti etib tayinlanadi. Bir yil o‘tgach, unga professor lavozimi beriladi. Ushbu dargohda Slonim, atoqli olimlar qatoriga qo‘shilgan professor Z.I.Umidovlar tibbiyot fakultetini moddiy ta’minotini yaxshilashda, o‘quv rejalari va dasturlarni tizimlashtirishga erishishgan.
1922 yil terapevt klinika kafedrasi qoshidagi kafedraga o‘tkaziladi, 1932 yildan to umrining oxirigacha faoliyat yuritadi. 1921-1925 yillarda tibbiyot fakultetini dekan o‘rinbosari, 1924-1926 yillarda dekan, 1929-1930 Toshkent tibbiyot institutining o‘quv ishlari bo‘yicha direktori lavozimlarida ishladi. 1932 yil O‘rta Osiyo shifokorlarning malaka oshirish instituti direktori (o‘rindoshlik asosida) etib tayinlandi. 1938 yildan 1941 yilgacha ilmiy rahbar etib tayinlandi, lekin uning sog‘lig‘i yomonlashgani sababli u o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi. Ko‘pgina bemorlarning fikriga ko‘ra, M.I.Slonim eng ko‘zga ko‘ringan shifokor bo‘lgan. Uning uzoq davrlar ko‘pgina taniqli shifokorlar bilan qadrdonligi — V.F.Voyno-Yasenetskiy uning tibbiyot sohasidagi noyob iste’dodi va ruhiy ishontirish qobiliyati borligini ta’kidlaydi.
Moisey Ilich Slonim — Toshkent davlat universitetining asoschilaridan biri, taniqli shifokor hisoblanadi. Bir qancha bemorlarning baho berishicha, M.I.Slonim ko‘zga ko‘ringan shifokordir. U bemorlarning salomatligini o‘ylab tibbiyotning yangi qirralarini ochadi. Moisey Ilich Slonim 1893 yilda Toshkent gimnaziyasini oltin medal bilan tamomlaydi.
Shu yili Slonim Qozon universitetining tibbiyot fakultetiga o‘qishga kiradi, 1898 yil uni muvaffaqiyatli bitirib chiqadi. Keyin ona vatani Toshkentga qaytib, uyezd vrachiligidan ish faoliyatini boshlaydi. A.P.Chexov yoki M.A.Bulgakov singari taniqli shaxslarning hayot va ijodidan bilamizki, qishloq vrachi amaliyoti tibbiyot sohasini turli jabhalarini o‘z ichiga oladi.
Toshkent qishloq vrachi faoliyati davomida u Bardangul, Kitobtepa, Jaloltepa qishloqlarida bezgak bilan og‘rigan bemorlarni muvaffaqiyatli davolagan. 1890-1904 yillarga kelib, Toshkent shahar kasalxonalarida ordinator bo‘lib ishladi. Bu yerda u qishloq vrachi tajribasi bilan tibbiyot bo‘yicha malakasini kengaytirish va takomillashtirishda yordam berdi.
Muntazam ravishda terapevt, nevrapatolog, infeksionist, pediatr, okulist, stomatolog, jarrohlik vazifalarini bajarishi misli ko‘rilmagan darajada bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladi. U Peterburgning ordinaturasida belgilangan muddatdan ortiq vaqt qolib, harbiy tibbiyot akademiyasida professor N.A.Velyaminov qo‘l ostida malakasini oshirdi. Bir vaqtning o‘zida M.I.Slonim tibbiyot tadqiqot institutida Ye.S.London rahbarligida doktor ishi ustida ishladi.
Slonim tomonidan yozilgan: “Normal va patologik eng nozik nerv hujayralarini o‘rganish haqida”gi doktorlik dissertatsiyasi 13 may 1906 yil himoya qilindi. Akademiya rahbariyati Slonimni yanada malakasini oshirish uchun Berlinning eng yaxshi klinikasiga yo‘llanma berdi va bir yil davomida malakasini oshirdi. 1907 yilning yoz oyida Slonim ona Vatani Toshkentga qaytadi. Uning bilim-ko‘nikmalari shu darajada oshdiki, shahar klinik ordinaturasi sifatida jamoatchilik o‘rtasida eng yaxshi shifokor deb tan olindi. M.I.Slonim o‘z ustida tinimsiz ishladi va tibbiyot sohasiga yangilik qilishga harakat qildi. U akasi Solomon Ilichga fizioterapiya asbob-uskunalari, rentgen apparaturasini joriy etish va o‘rganishda tibbiyotni so‘nggi yutuqlarini barchaga namoyon etish uchun bor kuchini sarfladi.
1917 yil iyul oyida Slonim ordinator etib tayinlandi, so‘ng okrug harbiy gospitaliga maslahatchi sifatida ishlaydi. 1919 yilning may oyidan shahar sog‘liqni saqlash buyrug‘iga ko‘ra, terapevt konsultanti lavozimiga, keyinchalik bu klinika O‘rta Osiyo davlat universiteti tibbiyot fakultetini yaratilish bazasiga aylanadi. O‘rta Osiyo davlat universiteti tashkil etilgandan keyin M.I.Slonim va boshqa tibbiyot olimlari tibbiyot fakultetini yaratishga asos solishadi.
1920 yilning dekabr oyida Slonim terapevt propedevtika klinika kafedrasining mudiri va dotsenti etib tayinlanadi. Bir yil o‘tgach, unga professor lavozimi beriladi. Ushbu dargohda Slonim, atoqli olimlar qatoriga qo‘shilgan professor Z.I.Umidovlar tibbiyot fakultetini moddiy ta’minotini yaxshilashda, o‘quv rejalari va dasturlarni tizimlashtirishga erishishgan.
1922 yil terapevt klinika kafedrasi qoshidagi kafedraga o‘tkaziladi, 1932 yildan to umrining oxirigacha faoliyat yuritadi. 1921-1925 yillarda tibbiyot fakultetini dekan o‘rinbosari, 1924-1926 yillarda dekan, 1929-1930 Toshkent tibbiyot institutining o‘quv ishlari bo‘yicha direktori lavozimlarida ishladi. 1932 yil O‘rta Osiyo shifokorlarning malaka oshirish instituti direktori (o‘rindoshlik asosida) etib tayinlandi.
1938 yildan 1941 yilgacha ilmiy rahbar etib tayinlandi, lekin uning sog‘lig‘i yomonlashgani sababli u o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi.
Ko‘pgina bemorlarning fikriga ko‘ra, M.I.Slonim eng ko‘zga ko‘ringan shifokor bo‘lgan. Uning uzoq davrlar ko‘pgina taniqli shifokorlar bilan qadrdonligi — V.F.Voyno-Yasenetskiy uning tibbiyot sohasidagi noyob iste’dodi va ruhiy ishontirish qobiliyati borligini ta’kidlaydi.
1945 yilda vafot etgan. ToshMI hududida dafn etilgan.