Tarjimai hol
Ajziy — haqiqiy ismi: Saidahmad Hasanxo‘ja o‘g‘li Siddiqiy — o‘rta osiyolik o‘zbek jahongashta yozuvchisi, tarjimon-poliglot va jadid.
Saidahmad Hasanxo‘ja o‘g‘li Siddiqiy 1864 yil Samarqandning Halvoi qishlog‘ida kambag‘al oilada dunyoga kelgan. Bolaligida ota-onadan yetim qolgan, ammo mahalliy madrasada ta’lim olishni davom ettirgan. Bobosi va xolasining qo‘lida tarbiyalangan. Ta’limni yakunlab, soatsozlar bilan ishlagan. Ozgina voyaga yetib, Buxoroga, katta madrasada ta’lim olgani yo‘l oladi. Orada ikki-uch yil o‘tib, madarasadagi ta’limni yakunlab, turli lavozimlarda, shu o‘rinda, Kadining qo‘lida kotib sifatida faoliyat yuritadi.
1901 yil Siddiqiy otasidan meros qolgan uyni hovli yeri bilan sotib, muqaddas Haj va Makkaga karvon otliqlar bilan yo‘l oladi. Haj ziyoratini amalga oshirgach, Siddiqiy jahongashtalikni boshlab, Arab yarim oroli, Turkiya, Iroq, Afg‘oniston kabi mamlakatlarda bo‘ladi. Siddiqiy, shuningdek, Kavkaz, Rossiya Imperiyasi shaharlari, jumladan, Baku, Tiflis, Moskva, Sankt-Peterburg, Velikiy Novgorod kabi shaharlarga tashrif buyuradi. Uzoq safardan so‘ng O‘rta Osiyoga qaytib keladi. 1900 yil Rossiya Imperiyasining Jiddadagi elchixonasida tarjimon bo‘lib ishlaydi.
Sayohati davomida Bakuda u Kavkaz ortidagi jadidlar bilan tanishadi va uyiga qaytgach, Is’hoq Ibrat ismli jadid bilan birga Halvoi qishlog‘ida yangi uslubdagi maktab ochishadi. U asos solgan maktab bugungi kungacha saqlanib qolgan. U hanuz faoliyat yuritib keladi vа unga Siddiqiya Ajziya nomi berilgan.
1913 yil dekabr oyida Ulug‘bek madrasasining imomi ularni tanbeh bergani o‘z huzuriga chorlaydi va dinni tahqirlashda ayblab, o‘ldirtirmoqchi bo‘ladi.
Siddiqiy Ajziy o‘zbek, tojik, fors, arab, turk va ozarbayjon tillarini mukammal egallagan. Keyinroq, rus tilini ham mukammal darajada o‘rgangan. Atoqli yozuvchi va shoirlarning asarlarini tarjima qilgan. Xususan, 1908—1910 yillar u Lev Tolstoyning asarlarini, Ivan Krilov masallarini va Nikolay Gogolning “Shinel” nomli qissasini o‘zbek va tojik tillariga tarjima qilgan.
Shuningdek, Siddiqiy Ajziy O‘rta Osiyo maktablari uchun maxsus darsliklar ishlab chiqqan.
1880 yillar she’rlar yozishni boshlayi, ular orasida: “Ayn ul-adab” (Axloq chashmasi) va “Ganjinai hikmat” (Hikmatlar xazinasi). 1912 yil uning “Andjumani arvox” (Arvoxlar anjumani) nomli dostoni chop etiladi, 1914 yil esa “Mir’oti ibrat” (Ibrat oynasi) dostoni nashrdan chiqadi. “Mir’oti ibrat” dostoni Turkistonning muammolari va fojiaviy ahvolidan so‘zlaydi, shuningdek, ushbu muammolarni bartaraf etish haqidagi fikrlar bilan to‘ldirilgan.
1917 yilgi fevral inqilobidan so‘ng Ajziy xalq harakatida ishtirok etishni boshlaydi. 1918 — 1921 yillar Samarqand viloyat sudida komissar bo‘lib ishlaydi. 1922 yil barcha davlat lavozimlaridan voz kechib, o‘zining avvalgi ishiga qaytadi va maktabda o‘qituvchilik qiladi. Keyinchalik u “Mashrab” va “Mulla Mushfikiy” hajviy jurnallari, shuningdek, o‘zbek va tojik tillaridagi “Zarafshon” gazetasining tashkil etilishida faol ishtirok etgan. Mazkur gazeta va jurnallar uchun u maxsus hajviy qissalar yozgan: “Mayna”, “Ginagina”, “Shashpar”, “Tir”, “Gumnom” va “Olmos”. Ushbu hajviy qissalarda o‘sha davrlarda hukm surgan tuzim va uning natijasidan xavfsirash ishoralarini payqash mumkin. 1920-yillar Ajziy ta’lim va madaniyatning muhim arbolaridan biri bo‘ldi.
1926 yilning qishida Ajziy og‘ir betob bo‘lib qoladi va 1927 yil Samarqandda vafot etadi.