Tarjimai hol
Usta Nasrullo Sohibnazarov xalq amaliy hunarmandchiligida dong‘i ketgan ustalardan biri hisoblanadi. U O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘och o‘ymakorligi ustаsi sifatida tanishadi va hurmat qilishadi. Nasrullo Sohibnazarov ta’mirlovchi ustalarning oltinchi avlodidir. Usta Nasrulloni bilgan odamlar u yog‘ochdan hamma narsa yasay oladi deyishadi. Darhaqiqat, u shundaylar toifasiga kiradi.
Nasrullo Sohibnazarovning yog‘ochdan ishlangan shunday ajoyib ishlari borki, ular an’anaviy ayvon qonunlariga rioya qiladi. Bu san’at ishlarining o‘ziga xosligi yog‘och stalaktitlariga biriktirilganidir. Bunday san’at asarini yaratilishida u 600 ga yaqin turli detallardan foydalangan. Ammo gap usta san’atining boshqalarga o‘xshamaydigan jihati haqida emas, u Samarqandda ayvon ustunlariga ishlov berishni birinchi bo‘lib boshlagani haqidadir.
Darhaqiqat, bunday yog‘ochga ishlov berish bezaklari avval ham bo‘lgan. Biroq ustaning so‘zlariga qaraganda, bu kabi yog‘ochga ishlov berishni shakllantirish Samarqandda so‘nggi bor 100 yil oldin yuz bergandi… Masalan, bunday namunalarni Xo‘ja Ahror Valiy maqbarasida uchratish mumkin. Sovet davrida bu an’analar yo‘qolib, unutilib ketgandi. Mana bugungi kunda usta Nasrullo sharofati tufayli bunday madaniy yodgorliklar qayta tiklanmoqda.
Buxorodagi Abdumannon madrasasining yog‘och eshiklariga qayta ishlov berishi uning noyob ishlaridan yana biri sanaladi. Bularni qayta tiklash uchun usta Nasrullo 11 yil ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi. Ish jarayoni nihoyatda nozik va bejirim bajarilganki, yog‘och o‘ymakorligi vaqtida ignadan ham foydalanilgan.
Usta o‘zining uzoq o‘tmishdoshlari yaratgan mehnatga ehtiyotkorlik va hurmat ila munosabatga bo‘lgan. Buxorodagi Abdumannon madrasasining bitta eshigi tavaqasini birinchi ish asosida qayta tiklashga erishildi, lekin ikkinchi eshik tavaqasini ustaning o‘zi yasadi.
Madrasa va masjidlarga mo‘ljallangan ta’mirlash san’ati yoki eshiklarga yog‘och o‘ymakorligi naqshlarini bezash ishlarini olib borilayotganda faqatgina ustaning noyob qobiliyati emas, balki islom diniga bo‘lgan hurmatni yaxshi saqlay olishi kerak. An’analarga muvofiq, me’moriy inshootlar eshigini o‘rnatayotganda Muqaddas Qur’ondan oyatlar yoki Muhammad payg‘ambarimizning hadislari ko‘chirilgan. Demak, usta Islom dinidan xabardor bo‘lishi va arab yozuvlari va hattotlik san’atini o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim.
Tarixiy obidalarni qayta tiklashdek xayrli ishlarga noyob iste’dodi, mahorati va chuqur bilimi bilan o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan O‘zbekiston xalq ustasi Nasrullo Sohibnazarov — ana shunday usta hunarmandlardan biri. Zero, uning Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Xoja Abdu Dоrun qadamjosi, Buxorodagi Bahovuddin Naqshband maqbarasi uchun yasagan naqshinkor ustunlari el nazariga tushib, soha mutaxassislariyu xorijlik mehmonlarni hayratga solayotgani bejiz emas.
Yaqin kunlarda esa Mirzo Ulug‘bek tavalludiningning 615 yilligig abag‘ishlangan xalqaro anjuman munosabati bilan usta Nasrullo Registon maydonidagi Ulug‘bek madrasasi ichki hovlisida joylashgan masjid uchun yangi eshiklar yasadi.
Usto Nasrullo faqatgina respublikamizdagi diniy inshootlarini o‘ziga xos noyob sharqona ranglar bilan to‘yintiribgina qolgan, O‘zbekistondagi ko‘plab inshootlarda — Toshkentda, Farg‘ona vodiysida, Xorazmda ham ishlagan. 2003 yil milliy madaniyatimizni saqlash va rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Nasrullo Sohibnazarov “O‘zbekiston xalq ustasi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.
Tarixiy yog‘och elementlarini qayta ishlash ustalari eski yog‘och ishalarini qayta ta’mirlashda har doim ham aynan o‘sha materiallardan faydalanib bo‘lmaslgi haqida gapirishadi. Yog‘och, uzoq vaqt chidamli material bo‘lishiga qaramay, u umrbod chidamli emas. Shuning uchun, alohida elementlar va barcha ta’mirtalab bo‘laklar qayta yaratilishni talab qiladi.
Usto Nasrullo yog‘och bezaklar va naqshlarni yaratayotganda, qadimiy sharq ustalarining uslubiga rioya qilishga va ularning mumtoz an’analarini davom ettirishga harakat qilishini tan oladi. Hususan, uning ayrim o‘quvchilari mebellardagi bezak elementlarini yaratayotib, zamonaviy hayotda talab yuqori bo‘lgan italyan uslubini o‘zlashtirganlar.
Usto Nasrullo nafaqat shuhrat qozongan yog‘och o‘ymakorlik ustasi, balki dono va sabrli ustoz hamdir. U yuzdan ortiq shogirdlar yetishtirgan. Ayrimlari ustozi bilan, qolganlari mustaqil ravishda malakalarini oshirib kelishadi. Mohir ganch ustasi bo‘lib yetishish uchun qancha vaqt talab etiladi? Degan savolga, usta faylasufona javob qaytarib,
“Bizning hunarmandchilikda mutaxassis tayyorlashning muddati yo‘q. Bilim va ko‘nikmalarni bir umr mukammallashtirish kerak. Agar odam o‘zini o‘z kasbining ustasi deb bilsa, demak, u o‘sishdan to‘xtagan. Haqiqiy usta doim o‘z ustida ishlashi va o‘z kasbi uchun yangilik yaratib borishi lozim. Xalqda: bir asr yashasang, bir asr o‘rgan, degan maqol bejiz emas”, deya izoh beradi.
Ehtimol, o‘z kasbiga shunday yondashishi tufayli, usta Nasrulla shu yoshida ham unutilgan samarqandning yog‘och o‘ymakorligi maktabini tiklab, yog‘ochdan istalgan buyumni yasay oladi, eng noyob yog‘och bo‘laklarini tiklay oladi. Aynan shunday insonlarni Sharqda qadimdan Usto nomi bilan ulug‘lashgan.
Taqdir Nasrullo Sohibnazarni ikki o‘g‘il va ikki qiz, o‘n oltitta nabira bilan siyladi. Uning ko‘plab avlodlari dodasining ustaxonasida ushbu oson bo‘lmagan hunarmanchilik sir-asrorlarini o‘rganishmoqda. Demak, Sohibnazarovlarning ko‘p asrlik xalq ustalari sulolasining kelajagi porloqdir.