Mirzo Abdulqodir Bedil

Tarjimai hol

Sharqning eng yaxshi va taniqli shoirlari bilan bir qatorda, Mirzo Bedil fors-tojik adabiyotining mashhur shoiri, jamiyatshunosi va tabiatshunosi, mutafakkiri, faylasufi bo‘lgan. Mirzo Bedilning she’riyati o‘zining ko‘p qirraliligi bilan Hindiston, Afg‘oniston va O‘rta Osiyoning ijtimoiy-siyosiy va adabiy hayotida muhim o‘rin egallagan.

Mirzo Abdulqodir 1644 yil, Hindistonda, Bangoliyaning Azimobod shahrida, xizmatchilar oilasida tug‘ilgan.

Mirzo Bedil o‘zining tirishqoqligi, mehnatsevarligi va iqtidori ila yoshligidan butun dunyoga mashhur arab tili darsligi “Qofiya”ni o‘rgangan va fors-tojik adabiy tilini mukammal bilgan. O‘spirinlik yillaridan ilm-fanga katta qiziqish uyg‘otgan. Besh yoshida maktabga boradi va yetti yoshlariga kelib, erkin o‘qib, yoza olgan. Uning ota-bobolari o‘rta osiylik, Shahrisabzlik o‘zbeklar bo‘lishgan.

Bir yarim yoshligida otasidan ayriladi va uning keyingi hayoti onasi va Mirzo Qalandar hamda Mirzo Zarif ismli tog‘alari bilan o‘tadi. Yoshligidan ilm-fanga qiziqqan. Shayh Kamol, Shoh Fozil va Mirzo Abulqosimlar qo‘lida tahsil olgan.

U Hindiston bo‘ylab ko‘p sayohat qilgan, 1685 yildan umrining oxirigacha Delida yashagan. Uning ijod namunalari fors tilida saqlanib qolgan. Arab, fors, hind va urdu tillarini mukammal bilganligi bois, sharq adabiyoti, yunon falsafasi, xususan, Arastu falsafasini o‘rgangan.

Mirzo Bedil o‘z asarlarida shohlarni ulug‘lamagan, shahzodalar haqida yozmagan. U hunarmandlar, dehqonlar haqda katta hurmat ila yozgan. Mirzo Bedil doim real hayot haqida o‘ylagan va o‘z asarlarini diniy masalalarga bag‘ishlamagan.

Manbalarga ko‘ra, Mirzo Bedil o‘zidan so‘ng 130 ming misradan iborat ulkan meros hamda ellikta bosma nashr qoldirgan. Uning eng katta asari, shoirning she’riy to‘plami “Qulliyot”, shuningdek, “Tilsimi hayrat”, “Tarkibot va tarje’ot”, “Muhiti a’zam”, “Turi ma’rifat”, “Ishorat va hikoyot”, “Riqa’ot”, “Chor unsur”, “Irfon”, “Nukot”, “G‘azaliyot”, “Ruboiyot”lar ham boy meros hisoblanadi.

O‘z davrining eng dolzarb janri bo‘lmish ruboiga Mirzo Bedil ko‘p vaqt va mehnat sarflagan. U o‘zidan so‘ng 3861 ta ruboi qoldirgan. Bedil Delida o‘ttiz yil yashagan va bu vaqt shoir ijodining eng samarali kezlari hisoblanadi. U adabiy va falsafiy asarlar yozadi, asarlarini “Qulliyot”ga to‘playdi, ijod namunalarini o‘zi ko‘chirib, xalqqa tortiq etadi.

Mirzo Abdulqodir Bedil hayotdan 1721 yilning 5 dekabr kuni ko‘z yumgan va Hindiston xalqi an’analariga ko‘ra, buyuk arbob sifatida o‘z uyiga dafn etilgan.

2009 yil Mirzo Bedil tavalludining 365 yilligi nishonlangan. Sharq xalqi bilan birga, o‘zbek millati ham ushbu voqeni munosib tarzda nishonladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x