FURAN, furfuran — geterotsiklik birikma; xloroform hidi keladigan rangeiz suyukdik. Mol. m. 68,07. Suyuklanish trasi 85,68°, qaynash trasi 31,33°, zichligi 936,6 kg/m3. 25°da 100 g suvda 1 g F., 100 g F. da esa 0,3 g suv eriydi. Furan koʻpgina organik birikmalarning boshlangʻichi hisoblanadi, bu birikmalardan aksariyatlarining amaliy ahamiyati katta, mas, furfurol, tetragidrofuran Furan, asosan, furfuroldan olinadi. Furan tetragidrofuranni sintezlashda oraliq mahsulot hisoblanadi, u pirrol olishda ham ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые