SHIMOL, shimol nuqtasi — ufqning toʻrtta asosiy tomonidan biri. Tush chizigʻi bilan haqiqiy ufqdoira chizigʻi kesishgan va Shim. qutbga eng yaqin joylashgan nuqta. Quyosh chiqadigan tarafga qarab turganda chap tomonda. Shimol yoki N (North) harfi bilan belgilanadi.