BUGAYEV Viktor Antonovich

BUGAYEV Viktor Antonovich (1908.6.10, Smolensk—1974.2.4, Moskva) — meteorolog olim, Oʻzbekiston FA akad. (1966), geogr. fanlari d-ri (1960), prof. (1962). Smolensk untining fizikamat, f-tini tugatgan (1930). Novosibirsk (193035), Oʻzbekiston obhavo byurosi boshligʻi (193540), Toshkent geofizika rasadxonasida katta ilmiy xodim (1940—46), direktor (1946—52), Oʻzbekiston FA Mat. va mexanika inti direktori (1952—57). 3Antarktika ekspeditsiyasi aerometeorologiya guruhi boshligʻi (1958—59), Sobiq Ittifoq gidrometeorologiya markazi direktori (1966—73), 1973-y. dan Moskva unti meteorologiya va iklimshunoslik kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari obhavoni qisqa va uzok, muddatga oldindan prognozlashning ehtimollik usullari masalalariga bagʻishlangan. Dinamik iklimshunoslik toʻgʻrisidagi taʼlimotga asos solgan. Jahon obhavo xizmatini tashkil etish tashabbuskorlaridan biri. AQSH meteorologiya jamiyatining faxriy aʼzosi (1972). Oʻrta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutiga Bugayev nomi berilgan (1975).

As: Texnika sinopticheskogo analiza i prognoza, L., 1947.

Ad.: Ocherki razvitiya gidrometeorologii Sredney Azii, L., 1993.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x