MOGILYOV — Belorussiyadagi shahar, Mogilyov viloyati markazi. Dnepr daryosi sohillarida joylashgan. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Dnepr daryosidagi pristan. Aeroport bor. Aholisi 371,4 ming kishi (1998). Mogilyov viloyat sanoat mahsulotining yarmini beradi. Muhim tarmoqlari: metallsozlik va mashinasozlik (avtomobil, qurlish materiallari sanoati uchun asbob-uskunalar ishlab chiqariladigan «Strommashina», «Elektrodvigatel», metall konstruksiyalar, lift z-dlari), kimyo («Lavsan» sintetik tola, kimyo k-tlari, sunʼiy tola z-di), oziq-ovqat (goʻsht k-tlari, konditer f-kasi, non, konserva, yogʻ-pishloq z-dlari), yengil sanoatlari (tikuvchilik, trikotaj, lenta toʻqish, poyabzal f-kalari) rivojlangan. Qurilish materiallari (silikat buyumlar, temir beton buyumlar, qurilish materiallari, k – tlari) ishlab chiqariladi. Yogʻochsozlik korxonalari, 2 TES ishlab turibdi.
Mogilyovda 2 oliy oʻquv yurti, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, 2 teatr, oʻlkashunoslik, etnografiya va b. muzeylari bor. Shahar 1267-y. dan maʼlum, 1569-y. dan Polsha, 1772-y. dan Rossiya tarkibida. Nikolay cherkovi (17-a.) saqlangan.