GENRIX

GENRIX (Henri) — Fransiya kirollari. Eng mashhurlari: Genrix II (1519.31.3, Sen-JermenanLe—1559.10.7, Parij) — qirol (1547-y. dan). Valua sulolasidan. «Alangali palata»ni taʼsis etgan (1547). Genrix qoʻshinlari 1552-y. Mes, Tul, Verden («Muqaddas Rim imperiyasi»dagi yepiskopliklar)ni egallashgan. Italiya urushi (1494—1559)ga yakun yasagan, KatoKambreziya sulhini imzolagan (1559).

Genrix III (1551.19.9, Fontenblo — 1589.2.8, Sen-Klu) – qirol (1574-y. dan). Valua sulolasining soʻnggi vakili. Genrix Navarrskiy va Gizlar bilan kurash olib borgan. 1588-y. mayda Parijdagi xalq qoʻzgʻoloni («Barrikadalar kuni») tufayli Shartrga qochgan. Qoʻzgʻolonchi parijliklar Genrixni taxtdan agʻdarilgan deb eʼlon qilganlar. G. III Genrix Navarrskiy bilan kelishib u bilan Parijga yurish qilgan. Gizlar tarafdori boʻlgan rohib tomonidan oʻldirilgan.

Genrix IV (1553.13.12, Po, Bearn – 1610.14.5, Parij) — qirol (1588-y. dan, rasman 1594-y. dan). Burbonlar sulolasining birinchi vakili. Antuan Burbonning ugʻli. 1562-y. dan Navarra qiroli Genrix Navarrskiy. Diniy urushlar davrida gugenotlar rahbari. 1593-y. katolik dinini qabul qilgandan soʻng, 1594-y. Parij uni qirol deb tan olgan. Genrix 1598-y. Nant ediktini eʼlon qilgan. Uning olib borgan siyosati absolyutizmni mustahkamlashga xizmat qildi. Katolik mutaassib Ravalyak tomonidan oʻldirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x