GEMARTROZ

GEMARTROZ (gemo… va yun. arthron — boʻgʻim) — boʻgʻim boʻshligʻiga qon quyilishi. Koʻpincha boʻgʻimning ochiq yoki yopiq shikastlanishi (boylamlarning choʻzilishi va uzilishi, boʻgʻim ichidagi siniq va sh. k., hatto lat yeyish) sabab boʻladi. Gemorragik diatez, shuningdek operatsiyadan keyin ham Gemartroz roʻy beri sh i mumkin. Gemartroz tizza, boldir-panja, tirsak, bilak-kaft usta boʻgʻimlarida koʻproq kuzatiladi. Belgilari: boʻgʻim shishib, kattalashadi, bezillab turadi, harakat qiyinlashadi. Gemartrozni faqat vrach davolaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x