SUVSIZTOV TIZMASI

SUVSIZTOV TIZMASIHisor tizmasining jan. tarmoklaridan biri. Jan. gʻarbdan shim. sharqqa yoʻnalgan. Shim. sharqda Sherobod daryosi uni Boysun tizmasidan ajratib turadi, jan. gʻarbda Koʻxitang tizmasining jan. etaklariga qadar choʻzilgan. Eng baland joyi 2127 m. Suvayirgʻich qismi, asosan, tekislangan yuzalardan iborat. Uning jan. sharqiy yon bagʻri Sherobod daryosi vodiysiga tik tushgan. Yuqori yura davri ohaktoshlari, gips va tuzlarida karst relyef shakllari (voronka, botiq, quduq, gʻor va koʻllar) keng tarqalgan. Tektonik jihatdan tizma antiklinal struktura, paleogen, yura, boʻr davri ohaktoshlari, mergel, gips, gil, qumtosh, konglomerat, gipstuzlardan tashkil topgan. Iklimi keskin kontinental. Yilning oʻrtacha kup yillik t-rasi 10—12°, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0,5—G, iyulniki 25° gacha. Yillik yogʻin 450—500 mm. Koʻp qismi ohaktoshlardan tashkil topganligi sababli yer usti oqar suvlari kam, biroq uning yon bagʻri va etaklaridan koʻplab sersuv karst buloklari chiqadi. Boʻz tuproklar tarqalgan. Oʻsimliklardan, asosan, efemer va efemeroidlar usadi. Yaylov sifatida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x