SUVAYSH

SUVAYSH — Misrdagi shahar, Suvaysh muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 417,6 ming kishi (1990-y. lar oxiri). Suvaysh kanalidan Kizil dengizga chiqish joyidagi port. Xalqaro ahamiyatga ega savdotranzit markazi. Neft kimyosi va neftni kayta ishlash, sement, oziqovqat sanoatlari, kemasozlik va kema taʼmirlash korxonalari bor. Hoz. Suvaysh yaqinida mil. av. 2-a. da Nil daryosini Qizil dengiz bilan bogʻlovchi kema qatnaydigan kanal kurilgan. Qadimda Suvaysh (yun. Klizma) savdo markazi sifatida mashxur boʻlgan. Suvayshning rivojlanishi 1869-y. dan Suvaysh kanali kurilishi bilan jadallashdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x