GEKATEY MILETLIK

GEKATEY MILETLIK (mil. av. taxm. 546—480) — yunon geografi, sayyohi, tarixchisi, yozuvchi. Mamlakatshunoslikka oid dastlabki geografik asarlardan biri — «Yer tavsifi» (ikki qismdan iborat asar: «Yevropa», Shim. Osiyoni ham oʻz ichiga olgan va «Osiyo», bunga Misr va Liviya ham kiritilgan) ning muallifi. Asarga quruqlikning odam yashaydigan qismi tushirilgan xarita ham ilova qilingan. Gekatey Miletlik ushbu xaritasida oʻsha vaqtgacha boshqa xaritalarda koʻrsatilmagan uchinchi qitʼa — Liviya (Afrika)ni koʻrsatgan. Uning chegarasi Nil daryosi boʻylab oʻtkazilgan. Lekin xarita hozirgacha topilmagan. Biroq Gerodot va b. mualliflarning xarita haqidagi axborotlari va «Yer tavsifi»ning 300 dan ortiq saqlanib qolgan qismlari yunonlarning geografik tasavvurlari haqida maʼlumot beradi. Gekatey Miletlikning boshqa asari — «Genealogiya» («Nasabnoma») yunonlarning mif va rivoyatlarini oʻz ichiga olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x