PORTUGAL TILI — roman tillaridan biri. Portugaliya, Braziliyada, Afrikaning bir qancha mamlakatlarida, Osiyoda Aominda va Hindistonning ayrim hududlarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 190 mln. kishidan ortiqroq (jumladan, Portugaliyada 15 mln. ga yaqin, Braziliyada 160 mln. kishidan ortiq). Portugaliya, Braziliya, Angola, Mozambik, Gvineya-Bisau, Kabo-Verde, San-Tome va Prinsipi respublikalarining rasmiy tili. Portugal tili 12 — 14-a. lardajan. va shim. por-tugalgalisiy shevalarining aralashuvi natijasida shakllangan. 16-a. boshida Portugaliyaning mustamlakachilik harakatlari tufayli Braziliyaga kirib keladi va asta-sekin mahalliy indeys tillarini siqib chiqaradi. Hoz. Portugal tilining 2 asosiy varianti — portu-galcha va brazilcha variantlari mavjud (ular, asosan, fonetika va leksika sohasida oʻzaro farklanadi); brazilcha variantda mahalliy narsa-ashyolarni ifodalovchi indeys soʻzlari koʻplab uchraydi. Portugal tilining afrikancha varianti esa shakllanish arafasida. Portugaliya hududida 3 ta lahja guruhi mavjud; Jan., Markaziy va Shim. Braziliyada shim. va jan. laxjalarga ajralsada, ular deyarli oʻzaro farqlanmaydi.
Portugal tilining fonetik qurilishi urgʻusiz boʻgʻinlarning, asosan, soʻz oxirida reduksiyaga uchrashi, ochiq va yopiq, shuningdek, burun unlilarining, ay-niqsa, burun diftonglarining mavjudligi bilan boshqa roman tillaridan farklanadi. Hoz. Portugal tilida lotincha zamon shakllaridan uzoq oʻtgan zamon (ga suf-fiksli) va shartli kelasi zamon (-re suffiksli) shakllari saqlanib qolgan.
Portugal tili dagi dastlabki adabiy yodgorlik va hujjatlar 12-a. ga mansub. Hoz. adabiy Portugal tili 16-a. da, Luish di Kamoens ijod qilgan davrda shakllangan. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan.