VIZE YARUSI

VIZE YARUSI (Belgiyadagi Vize sh. nomidai) — erta karbon davrining pastdan ikkinchi yarusi. 1882-y. da belgiyalik olim Ch. Dyupon ajratgan. Den-giz ohaktoshlari orasida turli hayvonlarning qoldiqlari (braxiopoda, goniatit va h. k.) uchraydi. Vize yarusi jinslari RF (Rus platformasi, Oltoy, Sibir, Donbass, Ural), Angliya, Fransiya, KXDR va b. joylarda, Oʻrta Osiyoda, jumladan Oʻzbekistonda, maʼlum. DnepropetrovskDonesk, Lvov-Volin choʻkmalarida Vize yarusi jinslaridan neft, gaz, koʻmir, dolomit va b. konlar topilgan. Oʻzbekistonda Vize yarusi jinslari Chatqol-Qurama, Turkiston, Hisor togʻlarida bor. Jan. Tyanshanda neft belgilari Vize yarusi jinslaridan topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x