GIZA — Misr (Qohira yaqini)dagi meʼmoriy yodgorliklar saklangan shahar. Qad. Misrning Memfis sh. hududida Misr firʼavnlari Xeops, Xefren va Mikerinlarga atab barpo etilgan ehrom (piramida)lar ansambli (mil. av. 3-a.).
Eng ulkan inshoot Xeops ehromi (bal. 146,6 m, tomonlar asosi 233 m, meʼmori Xemiun) ohaktosh boʻlaklari (ogʻirligi 2,5 t dan 30 t gacha, hammasi taxm. 2300 ming dona) bilan qoplangan: Xefren ehromi (ohaktosh, bal. 143,5 m, tomonlar asosi 215,25 m) yaqinidagi ibodatxonaning hashamatli zali qirrali ustunlar bilan bezatilgan. «Katta sfinks» (uz. 57 m, bal. 20 m, mil. av. 3-a.) qoyalarda joylashgan. Mikerin ehromi (bal. 62 m, tomonlar asosi 108,4 m) «Dunyoning yetti moʻjizasi» tarkibiga kirgan. Har bir ehromga sharqdan ibodatxonalar tutashgan boʻlib, ular oʻtish yoʻllari orqali bir-biri bilan bogʻlangan. Ibodatxonamaqbaralar (aslzodalarning 2-6-sulolalari dafn etilgan 7 mingdan ortiq qabrlar joylashgan), kichik exromlar, mastabalar bor.