XUARES (Juarez) Benito Pablo (1806.21.3, SanPabloGelatao, Oaxaka — 1872.18.7, Mexiko, Meksika) — davlat va siyosat arbobi, Meksika milliy qahramoni. Kambagʻal indeys oilasida tugʻilgan. Diniy seminariyani (1827-y.) va yuridik maktabni (1833-y.) tugatgan. 1847—52 y. lar Oaxaka shtata ning gubernatori boʻlgan. 1846—48 y. dagi amerikameksika urushi davrida amerikalik interventlarga qarshilik koʻrsatishni tashkil etiщsa katga rol oʻynagan. A. SantaAna diktaturasiga qarshi chiqqanligi uchun mamlakatdan badargʻa qilingan (1853). 1854-y. inkilobi boshlanishi bilanʻMeksikaga kaytib kelgan va liberallar armiyasiga kirgan. X. Alvares inqilobiy hukumatida adliya va kultlar vaziri boʻlgan (1855). 1857-y. konstitutsiyasi mualliflaridan biri. 1858—61 y. da hukumat boshligʻi. 1861 — 72 y. da mamlakat prezidenti. Cherkovning iqtisodiy va siyosiy mavqeini cheklovchi qonunlar chikargan. Angliya — Fransiya—Ispaniya intervensiyasi (1861—67 y., Meksika ekspeditsiyasi) vaktida chet el interventlariga qarshi kurashga rahbarlik qilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые