Murodov Mahmud

Tarjimai hol

Odatda, biror yozuvchi haqida so‘z ketarkan, eng yaxshi asarlari va ulardagi yetakchi qahramonlar bilan birga, yozuvchining ijodkor sifatidagi o‘ziga xos ma’naviy, ijodiy olami tilga olinadi. Bolalarning sevimli yozuvchisi, dramaturg, tarjimon Mahmud Murodov to‘g‘risida gapirganda, bog‘cha va maktab yoshidagi kichik bolalarga atalgan ko‘plab kitoblari bilan birga, adibning bolajonligi esga keladi.

Mahmud Murodovning ijodiy yo‘li boshqa yozuvchilarnikidan juda farqli.

“Maktabda o‘qib yurgan kezlarim, “Olmazor” mahallasi choyxonasida boshqalar uchun gazetalar o‘qib berardim. Marhum Bahrom Rahmonov bilan birgalikda “Qizil yong‘in” to‘garagini tashkil etib, A.Ikromov nomidagi klubda tomoshalar ko‘rsatar edik. Institutni bitirgunga qadar, Toshkentdagi 9, 17-bolalar uyida tarbiyachi bo‘lib ishladim. Shu davrda “Vojatiy” (“Rahbar”) jurnali bilan faol hamkorlik qila boshladim”, eslaydi adib.

O’sha davrdan boshlab, yosh yozuvchining ijodiy faoliyati matbuot bilan chambarchas bog‘lanadi. “Stepan Razin” (1941), “O‘rtoqlaring sen bilan” (1951), “Kapitan xonimi” (1959), “Tutqunlikdagi jangchilar” (1964) kabi ko‘plab qissa, hikoya va ertaklar tarjimasi M.Murodov uchun chinakam mahorat maktabi bo‘ldi.

M.Murodov kitoblari soni jihatidan maqtovga loyiq emas. Ular: “Yaxshi amaki”, “Sirli don”, “Eng maza joy”, “Ko‘prik”, “Kim eng kuchli”, “Sanoq”, “Bog‘cha bola”, “Kichik shifokor”. Uning ertak va hikoyalari yozuvchining shaxsiy to‘plamlaridan joy olish bilan birga, boshlang‘ich sinflar darsliklariga ham kiritilib, kichik kitobxonlar qalbidan chuqur joy oldi.

Ma’lumki, bolalarga bag‘ishlangan asarlar kattalar adabiyotidan farqlidir. Kichkintoylarga bag‘ishlangan badiiy asarlar tili, uslubi, mavzusi, tuzilishi jihatdan farqlansa-da, tarbiyaviy ahamiyatiga ko‘ra mushtarakdir.

Mahmud Murodovning “Bog‘cha bola”, “Kaska”, “Baxtini topgan Bahriniso”, “Kim eng yaxshi?”, “Salom, Quyosh bobo!”, “Jonli surat” kabi hikoya va ertaklari bolalarga tanish hayot mavzularda yozilgan. O‘z qahramonlarini yaratar ekan, adib bunga juda mas’uliyat ila yondashadi va hatto, qahramonlarining xatti-harakatlari-yu, fe’l-atvoridagi jihatlarga ham ahamiyat beradi.

Bolalarning sevimli yozuvchisi Mahmud Murodovning ijodi nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlodni tarbiyalash uchun ham xizmat qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x