Abdullaxon I

Tarjimai hol

Abdullaxon I (15-a. oxiri — 1540.14.9, Samarqand) — Movarounnahr (Buxoro) xonligining Shayboniylar sulolasi o’zbek hukmdori (1540 y. mart—sentyabr oylarida 6 oy hukmronlik qilgan). Abdulxayrning nevarasi, Koʻchkunchixonning oʻgʻli.

Abdullaxon I koʻp yillar davomida Yassi (Turkiston)da hokimlik qilgan (taxminan 1514—40 y. mart). Ubaydullaxon vafot etgach (1540 y. mart), Buxoro xonligi qisqa muddat 3 qismga boʻlingan davrda Samarqandda hukmronlik qilgan. Abdullaxon I Samarqandda Registon yaqinidagi Chihil (Chil) Duxtaron qabristonida dafn etilgan. Uning vafotidan soʻng samarqanddagi shayboniylar taxtiga ukasi Abdullatifxon oʻtirgan.

Abdullaxon I 1540 yil 14 sentyabrda Samarqanda vafot etgan va otasi yoniga Samarqandagi maqbaraga dafn qilingan. Maqbara xozirgi kunlargacha yetib kelmagan, uning qoldiqlari 1930 yilda butkul yoq qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x