MAKEDONIYA — Bolqon ya. o. ning markazida joylashgan tarixiy viloyat. M. hududiga aholi (illiriy va frakiy qabilalari) neolit davridan boshlab joylashgan. Mil. av. 5 — 2-a. larda Makedoniya hududida Qad. Makedoniya davlati boʻlgan. Mil. 6 — 7-a. larda Makedoniya hududida slavyan qabilalari koʻchib kelgan. Slavyanlar mahalliy qabilalar bilan aralashib ketgan. 7-a. da Vizantiya M. slavyanlarini qisman oʻziga boʻysundirgan. 9-a. ning 2-choragida Makedoniyaning katta qismi Birinchi Bulgʻor podsholigita kirgan. 9—10-a. larda Makedoniya hududida mulkdorlik (feodal) munosabatlari shakllangan, xri-stianlik keng yoyilgan. 10-a. ning 70-y. larida Gʻarbiy Bulgʻoriya podsholigi vujudga kelib, Makedoniya mazkur podsholik hududining asosiy qismini tashkil qilgan. 1018-y. da Makedoniyani Vizantiya bosib olgan. 1230-y. da Makedoniya Ikkinchi Bulgʻor podsholigi hududining bir qismigaaylangan. 14-a. ning oʻrtalarida Makedoniyani Serbiya, 14-a. ning soʻnggi choragida esa Usmonli turk imperiyasi bosib olgan. Turkiya zulmiga karshi milliy ozodlik kurashlari koʻtarilgan (Ilinden qoʻzgʻoloni, 1903). Bolqon urushlari natijasida (1912—13) Makedoniya Serbiya (Vardar Makedoniyasi), Gretsiya (Egey M. si) va Bolgariya (Pirin oʻlkasi) davlatlari oʻrtasida boʻlib olingan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые