SEBZOR

SEBZOR — oʻtmishda Toshkentdagi daha nomi. Shaharning shim. gʻarbiy qismida joylashgan. Toshkentning 4 dahasidan biri. Hududi jihatidan eng kichigi. Chegarasi gʻarbdan Sagʻbon va Krrasaroy koʻchalarining oraligʻidan (hoz. Zarqaynar koʻchasining gʻarbidan), jan. dan Jangob arigʻidan oʻtgan. Shaharning shim. va sharq tomondagi mavzelarida (Alvastikoʻprik, Hasanboy, Koʻkterak, Boyqoʻrgʻon, Boltamozor, Gurunchariq va b.) sebzorliklarning dala hovlilari, bogʻlari boʻlgan. Toshkentning eng qad. ariklaridan biri — Kaykovus Sebzor hududidan oʻtgan. Shayboniylardan Suyunchxoʻjaxon tomonidan bunyod etilgan (1525-y.) Kaykovus chorbogʻi uning boʻyida joylashgan. 19-a. oʻrtalarida Sebzorda 65 ta mahalla, 3 Madrasa (Baroqxon, Moʻyi Muborak, Beklarbegi), 78 masjid boʻlgan, shaharning 3 darvozasi (Labzak, Taxtapul, Qorasaroy), Eskijuva bozorining katta qismi, asosan, Sebzor hududida joylashgan. Aholisi (1870y. larda 18650 kishi), asosan, hunarmandchilik, shahar tashqarisidagi yerlarida dehqonchilik b-n shugʻullangan. Muhammad Solihnchng «Tarixi jadidai Toshkant» asarida S. Hazrat Imom Qaffol Shoshiy dahasi nomi bilan qayd etilgan. Sebzorda Qaffol Shoshiy (Xasti Imom) maqbarasi, Baroqxon madrasasi va b. meʼmoriy yodgorliklar joylashgan.

Sebzor aholisi, ayniqsa, kosiblari bilan shuhrat qozongan, ularning mahsulotlari Turkiston oʻlkasining boshqa shaharlariga ham tarqalgan. Aholi, shuningdek, ip gazlama toʻqish va chitga gul bosish bilan mashgʻul boʻlgan. Taxtapul, Chuvalachi, Qorasaroy, Yov, Sebzor va Qozikoʻcha mahalla va mavzelari aholisi gʻalla ekinlari ham ekishgan; mol jalloblari daha aholisining oʻziga toʻq tabaqasini tashkil etgan.

Ad. h Malliskiy N. G., Toshkent mahalla va mavzelari, T., 1996; Muhammadjonov A., Qadimgi Toshkent, T., 2002.

Mashxura Sharipova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x