MOMIQ — 1) z-dlarda paxtagg ishlov berish jarayonida tolasi ajratib olingan chigitda qoladigan kalta toladan tayyorlanadigan mayin paxta. Unga siklonlarda yigʻiladigan iflos va changli momiq paxta qam kiradi. Asosan, paxta sellyulsiasi (35% gacha)dan iborat. Momiq jingalaklanib qolgan kalta tola koʻrinishida boʻladi. Rangi — okdan sargʻishgacha. Momiqdan momiq paxta, sunʼiy tola, plyonka, sellyuloza, qogʻoz va b. olishda foydalaniladi;
2) tuya, quyon va b. mayin junli hayvonlarning juni. Mayin gazlama va roʻmol toʻqish uchun ishlatiladi.