PELLAGRA (ital. pelle agro — dagʻal teri) , avitaminoz RR – —organizmda vitamin RR (nikotin kislotasi) yetishmasligidan kelib chiqadigan kasallik. Oziq-ovqatlar tarkibida vitamin RR mikdorining kamayib ketishi, shuningdek, organizmning vita-minlarni oʻzlashtirish layoqatining pasayishi sabab boʻladi. Pellagrada ich keta-di, til qipqizarib, yaltirab turadi. Gavdaning ochiq qismlari va oyoq-qoʻl panjasiga qizil dogʻlar tushib, ular keyinchalik pufakchalarga aylanib, yiring boylaydi. Pufakchalar yorilib, yiring chiqib ketgach, teri qurib, pust tashlaydi va oʻrni dogʻ boʻlib qoladi. Bemor tinkasi qurishi, tez charchash, quvvatsizlik, ish qobiliyatining pasayishi, bosh ogʻrishi, ishtahasi yoʻqligi, ogʻzi achishib, soʻlagi oqishidan shikoyat qiladi. Ruhiy holati ham buziladi. Atrofidagi voqea va hodisalarga beparvo boʻlib qoladi, xotira va aklning pasayishi kuzatiladi.
Kasallikni davolashda vrach koʻrsatma-siga binoan, V guruh vitaminlari bilan nikotin kislotasi beriladi. Nikotin kislotasiga boy ovqatlar — qayvon oqsili, jigar, tuxum, baliq, sut, qatiq, sabzavot va mevalar buyuriladi.