PARIJ MILLIY KUTUBXONASI

PARIJ MILLIY KUTUBXONASI — jahondagi eng qad. va yirik kutubxonalardan biri; Parij sh. da joylashgan. 1480-y. da Qirollik kutubxonasi sifatida asos solingan; 1795-y. da Konvent tomonidan milliy kutubxona deb eʼlon qilingan. Parij milliy kutubxonasida 12 boʻlim va 5 milliy markaz (bibliografiya, kitob ayirboshlash va b.) faoliyat koʻrsatadi. Fondida koʻp qismi noyob va nodir nashrlar boʻlgan 300 mingdan ziyod qoʻlyozmalar saqlanadi, 6 mln. gravyura va estamplar, 500 ming nomdan ortiq davriy nashrlar, 800 ming kartinalar, 450 ming medal va tangalar va b. bor. Fransiya tarixi bilan bogʻliq koʻp sonli adabiyotlar va hujjatlar, taniqli fransuz siyosiy arboblari, olim va yozuvchilari dastxatlarining nodir toʻplami, 19-a. fransuz ensiklopedistlarining boy toʻplamlari mashhur.

Parij milliy kutubxonasi fondidagi Vatan nashrlari 1537-y. dan kutubxona oladigan mamlakat bosma nashrining majburiy nusxasi asosida yigʻiladi, xorijiy nashrlar bilimlarning barcha sohalari boʻyicha (koʻp qismi adabiyot, tarix va sanʼat boʻyicha ixtisoslashgan) umumiy xusu-siyatga ega boʻlgan ishlardan iborat.

Parij milliy kutubxonasi 1839-y. dan sistemali katalogni muntazam yuritadi, 1850-y. dan uning alohida qismlari bosma kataloglar koʻrinishida chiqa boshlagan.

Jumladan, 1897-y. dan «Milliy kutubxona bosma kitoblarining bosh katalogi. Mualliflik turkumi» nashr etiladi. Mualliflarning ismi, familiyasi, ular yashagan sanalar, asarlari nashr qilingan tillari boʻyicha tuzilgan avtomatlashtirilgan maʼlumotlar bazasini ishlab chiqqan.

1996-y. da Fransua Mitteran saydi tuzilgan, unda 200 mingdan ortiqjild ensiklopediyalar toʻplami yigʻilgan; 1998-y. da audio-video hamda bosma asarlar zamonaviy elektron saydga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x