KOTIROVKA (frans. coter — raqamlash, belgilash) — birjada amaldagi vaziyat va qonunchilik normalari, qoidalariga muvofiq chet el valyutalari, qimmatli qrgʻozlar kursini, tovarlar narxini belgilash va ularni qayd etish. Kotirovkani, odatda, tovar, fond yoki valyuta birjasining komissiyasi (qoʻmitasi) oʻtkazadi va tovarlarning ulgurji narxlari, qimmatli qogʻozlar kurslari va valyuta kurelari birja byulletenlarida eʼlon qilinadi. Kotirovkani yirik kompaniyalar va banklar ham oʻtkazishi mumkin. Toʻliq Kotirovka ham xaridorlar va ham sotuvchilar taqlif qiladigan narxlarni belgilashdan iborat. Kotirovka maʼlumotlari maxsus birja byulletenlarida hamda davriy nashrlarda chop etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki chet el valyutalari Kotirovka sini oʻtkazadi va valyuta kursi byulletenida eʼlon qilib turadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые