PADANA TEKISLIGI

PADANA TEKISLIGI, PadanaVenetsiya tekisligi — Italiyaning shim. qismidagi tekislik. Alp va Apennin togʻlari bilan Adriatika dengizi oraligʻida. Padana tekisligi usti qalin dengiz va daryo jinslari bilan toʻlgan tektonik bukilma. Uz. 500 km chamasida, eni 200 km gacha. Yer yuzasi, asosan, tekis, balandligi gʻarbida 300—400 m. Tekislikning markaziy qismidan Po daryosi va uning irmoqlari oqib oʻtadi. Iqlimi subtropik, ayrim_ joylarida moʻtadil iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0—4°, iyulniki 22—24°. Yillik yogʻin 600—1000 mm. Toshqinlar boʻlib turadi. Oʻrmonlar qirqilib oʻrni ekinzorga aylantirilgan. Padana tekisligi — Italiyaning asosiy sanoat va q. x. r-ni. Bugʻdoy, makkajoʻxori, sholi ekiladi. Tokzorlar va mevali bogʻlar bor. P. t. da Milan, Turin, Venetsiya, Bolonya sh. lari joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x