OʻSMA

OʻSMA — karamguldoshlarga mansub koʻkimtir, tuksiz ikki yillik oʻt. Vohalarda madaniy va yovvoyi holda uchraydi. Ilgari Gʻarbiy Yevropada nil boʻyogʻi olish uchun ekilgan. Birinchi yili toʻpbarg hosil qiladi. Ikkinchi yili toʻpbarg boʻyi 25—100 sm boʻlgan poya chiqaradi, shoxlaydi.

Barglari choʻziq nashtarsimon, poyadagilari bandsiz, cheti tekis, poyani oʻragan, roʻvaksimon toʻpgul hosil qiladi. Aprelsent. oylarida gullab, mevalaydi. Gullari sariq. Mevasi ingichka, choʻziq chatnamaydigan qoʻzoqcha. Oʻsma bargining shirasida nil boʻyogʻi bor. Kadimdan oʻzbek xonadonlarida ayollar qoshkoʻzlariga qoʻyish uchun hovlilarda oʻstiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x